Belarus Fanlar akademiyasining informatika muammolari birlashgan institutiga bilan 2021-yilda 5 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolangan. Hozirda, mazkur ta’lim muassasi bilan stajirovka masalasida kelishuvga erishildi.

Diplomdan keyingi ta’lim akademiyasi bilan 2023-yilda 5 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolangan. Hozirda, mazkur tashkilot bilan “Yo‘l xaritasi” tuzilgan bo‘lib, unda ta’lim muassalarining ilmiy-tadqiqot bo‘limlari o‘zaro ma’lumot va tajriba almashish, birgalikda seminar va konferensiyalar tashkil etish hamda qisqa muddatli stajirovkalarni amalga oshirish belgilangan.

Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO) bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga, pedagoglarga yangi metodikalarni oʻrgatuvchi rus tilidagi malaka oshirish materiallarini oʻzaro almashishga, kelgusida hamkorlikda konkurslar tashkil etishga va institut xodimlarini Rossiya ta’lim akademiyasiga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborishga kelishib olindi.

Koreya o‘quv dasturlari va baholash instituti (KICE) bilan xat yozishmalari amalga oshirildi. Hozirda, mazkur ta’lim muassasi bilan tomonlar o‘rtasida memorandum imzolash va stajirovka tashkil etish masalalarida kelishuvlar olib borilmoqda.

Koreya ta’limni rivojlantirish instituti (KEDI) va A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish hamda Koreya ta’limni rivojlantirish institutining yuqori malakali professor oʻqituvchilarini jalb qilish va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlarini Koreya ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan stajirovkalarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Finlyandiya akademiyasi (Suomen Akatemia) bilan xat yozishmalari amalga oshirildi. Hozirda, mazkur ta’lim muassasi bilan tomonlar o‘rtasida memorandum imzolash va stajirovka tashkil etish masalalarida kelishuvlar olib borilmoqda.

Aminuddin Baki nomidagi Ta’limning rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish kelishinildi hamda 2023-yilning18-dekabrida “O‘zbekiston ta’lim tizimida direktorlarni tayinlash va baxolash” mavzusida vebinar tashkil etildi (vebinar havolasi ilova qilinmoqda https://youtu.be/mzV5eBFz3yA).

Hozirda institutlar o‘rtasida memorandum imzolash va stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Pittsburg davlat universiteti bilan xat yozishmalari amalga oshirildi. Hozirda, mazkur ta’lim muassasi bilan tomonlar o‘rtasida memorandum imzolash va stajirovka tashkil etish masalalarida kelishuvlar olib borilmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi Milliy ta’lim instituti bilan 2024-yilda 5 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolangan. Hozirda, mazkur ta’lim muassasi bilan malaka oshirish materiallarini oʻzaro almashishga, kelgusida hamkorlikda konkurslar tashkil etishga hamda birgalikda onlayn seminar va konferensiyalar o‘tkazishga kelishib olindi.

Tojikiston Respublikasi Pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan 2024-yilda 3 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolangan. Hozirda, pedagoglarga yangi metodikalarni oʻrgatuvchi malaka oshirish materiallarini oʻzaro almashishga, kelgusida hamkorlikda konferensiyalar tashkil etishga va institut xodimlarini mazkur institutga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborishga kelishib olindi.

Qirg‘iziston Respublika Pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan 2024-yilda 3 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolangan. Hozirda, pedagoglarga yangi metodikalarni oʻrgatuvchi malaka oshirish materiallarini oʻzaro almashishga, kelgusida hamkorlikda konferensiyalar tashkil etishga va institut xodimlarini mazkur institutga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborishga kelishib olindi.

Xalqaro konferensiyalar soni (2022): 3 ta

  • 2022-yil 25-26-mart, “Xalqaro baholash dasturlari va taʼlim sifatini tadqiq etishning dolzarb muammolari”, Tashkilotchilar: Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, UNICEF tashkilot
  • 2022-yil 4-may, “Oʻzbekiston maktablarida STE(A)M: buguni va ertasiTashkilotchilar: A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti, AQSHning Shimoliy Jorjiya universiteti hamda Innovatsiya, Texnologiya, Strategiya Markazi (ITSM)
  • 2022-yil 15-noyabr, “Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish strategiyasi yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar”, Tashkilotchilar: Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspеksiyasi hamda Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti

Xalqaro forumlar soni (2022): 1 ta

  • 2022-yilning 23-24-noyabr, “Zamonaviy maktabda o‘qitish metodikasi: muammolar va innovatsion yechimlar” o‘zbek-rus taʼlim forumi, Tashkilotchilar: Xalq taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti

Xalqaro seminar-treninglar soni: 3 ta

  • 2022-yil 15-17-oktabr, “Oʻqituvchining kasb standartini amaliyotga tatbiq etish”, ekspert: Majena Rafalska, Hamkor tashkilot: UNICEF
  • 2022-yil 4-9-oktabr, “Finalyandiya ta’lim tajribalari 1”, jami 130 nafar boshlangʻich ta’lim oʻqituvchilari malakasi oshirildi
  • 2022-yil 13-17-dekabr, “Finalyandiya ta’lim tajribalari 2”, jami 80 nafar boshlangʻich ta’lim oʻqituvchilari malakasi oshirildi

Xalqaro forum, simpozium va konferensiyalarda institut ishtiroki: 4 ta

  • 18-04-2022 - Qiyosiy va xalqaro ta’lim jamiyati (Comperative and International Education Society) xalqaro konferensiyasi – “Illuminating the Power of Idea / lism
  • 10.2022 – UNESCO - Jaxon Banki – “Malakali oʻqituvchi - malakali millat: Taʼlim boʻyicha Markaziy Osiyo simpoziumi
  • 04-05.11.2022 – Turkiya – “II Istambul taʼlim sammiti
  • 02-05.11.2022 – UNESCO, GIZ (Germaniya), EdNet – “Barqaror rivojlanish uchun taʼlim: mintaqaviy istiqbol va tajribalar” submintaqaviy konferensiya

Xalqaro onlayn seminar (vebinar)lar soni: 2 ta

  • 06.2022 – Yaponiya – “LESSON STUDY”
  • 07.2022 – AQSH – “Qualitative Research”

Tajriba almashish va tajriba ortirish dasturlari (stajirovka): 8 ta

Stajirovka dasturlarida qatnashgan Instituti xodimlari soni: 12 ta

  • 10-30.10.2022 – Yaponiya - JICA Hokuriku Center
  • 08.2022 – 17.12.2022 – AQSH - Pittsburg universiteti, Kanzas shtati
  • 03-06.10.2022 - Turkiya - Bagʻlarboshi madaniyat kongress markazi (Baglarbasi kultur kongre merkezi, Üsküdar, İstanbul)
  • 08-15-.07.2022 – Yaponiya - KEI Advanced va  Digital Knowledge Co. Ltd.
  • 26-29.09.2022 – Turkiya - Ta’lim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining Ta’lim sohasidagi bilim va innovatsiyalar almashinuvi tashabbusi (GPE KIX)
  • 15-22.08.2022 – Janubiy Koreya - Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi hamda Xorijda Xalqaro Koreya ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy konferensiya
  • 05-10.07.2022 – Fransiya - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)
  • 08.2022 – 02-09.2022 – Germaniya - TALIS 2024 Xalqaro ta’lim markazi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)

Xalqaro hamkor tashkilot, turdosh institut va universitetlar soni (2021-2024): 33 ta

  • Xalqaro rivojlanish tashkilotlari: 7ta (UNESCO, UNICEF, JICA, American Councils, British Council, TICA, KOICA)
  • Xalqaro moliyaviy institutlar: 5 ta (Taʼlim boʻyicha xalqaro hamkorlik (GPE) tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Jaxon banki, Islom taraqqiyot banki, USAID)
  • Mahalliy tashkilotlar: 5 ta (Xorijiy tillar agentligi, Statistika qoʻmitasi,
    Edu-Action taʻlim markazi, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, Nordik universiteti)
  • Turdosh institutlar va tashkilotlar: 8 ta (KEDI, KICE, RAO, ISRO, Malayziya taʼlim instituti, Aminuddin Baki Instituti, InterDom, Belarus informatika instituti, Belarus diplomdan keyingi akademiyasi,)
  • Xalqaro taʼlim muassasalari: 8 ta (Shimoliy Jorjiya universiteti, Ozarbayjon milliy ta’lim instituti, Tojikiston Respublikasi pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Qirg'iziston Respublika Pedagogika xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Jorj Meyson Universiteti, Gersen nomidagi Rossiya davlat universiteti, Germaniyaning Saksoniya kasbga oʻqitish markazi - Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft GGMBH)

Ushbu hamkor tashkilotlar bilan imzolangan memorandumlar soni (2021-2024): 21 ta

  • Xalqaro tashkilotlar: 11 ta (Germaniyaning Saksoniya kasbga oʻqitish markazi (Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft GGMBH) RAO, ISRO, InterDom, Gersen, Belarus Informatika Instituti, Pskovskiy davlat universiteti, Ozarbayjon milliy ta’lim instituti, Tojikiston Respublikasi pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Qirg'iziston Respublika Pedagogika xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Belarus diplomdan keyingi akademiyasi, KEDI, UNG, KEI Advanced Inc, SixClouds Pte.Ltd.)
  • Maxalliy: 7 ta (Xorijiy tillar agentligi, Statistika qoʻmitasi, Cambridge Educational School – Tashkent, Xalqaro ta’lim universiteti, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, Edu-Action ta’lim markazi, Nordik universiteti, Koreya ta’lim markazi.)

Xalqaro kelishuvlar (2023): 2 ta

  • Tsukuba universiteti – 09.07.2022
  • Digital Knowledge Co. Ltd. (Yaponiya) – 14.07.2022

Tajriba almashish va tajriba ortirish dasturlari (stajirovka): 2 ta

Stajirovka dasturlarida qatnashgan Instituti xodimlari soni: 4 ta

  • 15-29.01.2023 – Finlyandiya - Muuramedagi tadbirkorlikka ixtisoslashtirilgan yuqori maktabi, Yuvaskila shahrida joylashgan Kuokkalan umumta’lim maktabi, Valteri maxsus ta’limga ehtiyojmand bolalar maktabi, GRADIA konsortiumiga kiruvchi yuqori maktab, Jyvaskyladagi Keljonkanjas o‘rta maktabi, Finlyandiya Akademiyasi, Finlyandiya ta’limni baholash markazi.

Stajirovka dasturlarida qatnashgan Instituti xodimlari soni: 1 ta

  • 2023-yil 8-iyundan 2023-yilning 28-iyun sanasiga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan seminarlarda qatnashish uchun Institutning AKT va texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i Akmal Boboqulovning stajirovka oʻtashi ta’minlandi.

Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar soni: 2 ta

  • 2023-yilning 15-16-sentabr sanalarida Estoniya davlatining Tallinn shahrida tashkil etilgan xalqaro STEAM konferensiyasi.
  • 2023-yilning 20-sentabrida Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida “Maktabgacha va maktab ta’limini samarali boshqarishning demografik omillari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi.
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech