Javob: Qayta tayyorlash kurslari haqida yana-da batafsil maʼlumotlarni https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov va https://t.me/avloniyqaytatayyorlov guruh hamda kanaldan maʼlumot olish mumkin.
Javob: Hozirgi kunda kurslarning narxlari 4 574 000 mingdan – 11 523 000 gacha etib belgilangan. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etuvchi muassasa tomonidan kontrakt summasi tegishli kalkulyatsiya qilib boriladi.
Javob: Qayta tayyorlashning asosiy 2 xil turi mavjud: pedagogik qayta tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash.
- Pedagogik qayta tayyorlash — oliy taʼlim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi Davlat taʼlim standarti (Davlat taʼlim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish.
- Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik maʼlumotli mutaxassislar tomonidan taʼlimning tegishli turi Davlat taʼlim standarti (Davlat taʼlim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Javob: Kurslarda tahsil olish uchun haftaning dushanba-juma kunlari 71-246-90-94 raqamiga soat 09:00-18:00 gacha telefon orqali bog‘lanish mumkin
Javob: Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganingizdan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori 2-ilovasida tasdiqlangandek, sertifikat ko‘rinishidagi diplom beriladi.
Javob: Kurslar 5 oydan 11 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.
Javob: Kurslarda tahsil olish uchun diplom (ilovasi bilan), pasport yoki ID karta, maktabdan yo‘llanma talab etiladi.
Javob: Qayta tayyorlash kurslari VM-25 sonli qaroriga muvofiq, tasdiqlangan o‘quv rejasidagi soatlarning kamida 188 soati oflayn (qolgan qismi onlayn) tartibda tashkil etiladi.