Logotip
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining faoliyatidan kelib chiqqan holda unga mos ravishda yaratilgan
Logotipdagi to‘g‘ri chiziqlar — ustunlar belgisi, chiziqlar tutashgan qismi esa qalam timsoli, yaʼni ilmning ustini qalamdir.
Logotipda ko‘k (to‘q) va oltinrang ishlatilgan. To‘q ko‘k rang — ishonchlilik va masʼuliyat timsoli;Oq rang — faoliyatdagi shaffoflik timsoli; Sariq rang — sifat timsolini anglatadi.
Logotipda institut nomi uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘zbek maʼrifatparvari Abdulla Avloniy shaxsi ismining bosh harflari (AA), bonet va pero belgilaridan foydalanilgan.