Xodimlarni qayta tayyorlashning maqsadi.

Mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli, lekin tegishli pedagogik yoki kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlarning qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mavjud davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida shakllantirishdan iborat.

Xodimlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.

Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish huquqini beradi.

 

Me’yoriy-huquqiy hujjat.

Pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash kurslari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 20-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi  xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-sonli qaror asosida tashkil etiladi.

 

Qayta tayyorlashning asosiy turlari.

Qayta tayyorlashning asosiy turlari:

pedagogik qayta tayyorlash;

kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv).

Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish hisoblanadi.

Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hisoblanadi.

Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan boshqa soha mutaxassislariga pedagogik faoliyat yuritishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tishi talab qilinadi.

 

O‘quv dasturi yuklamasi hajmi.

Qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va kamida 576 soatni tashkil qiladi. Auditoriya mashg‘ulotlari haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.

Hozirda amalda tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslariga quyidagicha yuklama qo‘yilgan:

pedagogik qayta tayyorlash uchun 576 soat;

kasbiy qayta tayyorlash uchun 972 soat (maxsus pedagogika (defektologiya) uchun 648 soat);

kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash uchun 1548 soat.

 

Tashkil etilgan qayta tayyorlash yo‘nalishlari.

Me’yoriy hujjatlarda quyidagi fanlardan dars berish huquqini berish uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etilishi mumkinligi belgilab berilgan:

T/r

Dars berish huquqi beriladigan fanlar

Pedagogik

Kasbiy

Kabiy hamda pedagogik

1

Logoped

 

+

 

2

Oligofrenopedagogika

 

+

 

3

Surdopedagogika

 

+

 

4

Tiflopedagogika

 

+

 

5

Psixologiya

 

+

 

6

Boshlang‘ich ta’lim

 

+

 

7

O‘zbek tili va adabiyoti fani

 

+

+

O‘zbek tili (o‘zga tilli guruhlar)

 

+

+

9

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani

 

+

 

10

Rus tili va adabiyoti fani

 

+

 

11

Rus tili (o‘zga tilli guruhlarda) fani

 

+

 

12

Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon) fani

+

+

+

13

Matematika fani

 

+

+

14

Fizika va astronomiya fani

 

+

+

15

Informatika fani

+

+

+

16

Biologiya fani

 

+

+

17

Kimyo fani

+

+

+

18

Tarix fani

 

+

+

19

Davlat va huquq asoslari fani

+

+

 

20

Tarbiya fani

 

+

+

21

Geografiya va iqtisodiyot fani

 

+

+

22

Musiqa madaniyati fani

+

+

+

23

Tasviriy san’at va chizmachilik fani

 

+

+

24

Texnologiya fani

 

+

+

25

Tabiiy fan

 

+

+

26

Iqtisodiy bilim asoslari

+

 

 

6

25

15

Izoh: “+” belgisi tegishli fanlardan dars berish huquqini berish uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etilishi mumkinligini bildiradi.

 

Talim olish shakli.

Qayta tayyorlash kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllari orqali o‘tkazilishi mumkin.

Bunda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllarida tashkil etilgan kurslarning kamida bir oyi yoki kamida 144 soati bevosita kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida o‘tkazilishi shart.

 

Ta’lim tashkilotlarining vazifalari.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:

tizimdagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining davlat ta’lim talablarini, malaka oshirish kurslarining malaka talablarini, o‘quv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi.

  1. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni zamon talablari va xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taklif kiritadi.
  2. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti, Pedagogik mahorat markazlari, malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim muassasalari me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda qayta tayyorlash kurslarini tashkil etadi.

 

Yakuniy davlat attestatsiyasi.

Qayta tayyorlash kursining yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish uchun qayta tayyorlash kurslarini tashkil etgan tashkilot tomonidan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi ikki bosqichdan iborat:

yakuniy nazorat (test, yozma yoki ijodiy ish, og‘zaki shakllardan birida);

bitiruv ishi himoyasi.

  1. Qayta tayyorlash kursining yakuniy nazorat sinovlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi.

Yakuniy nazoratda davlat talablarida belgilangan hamda o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni bitiruvchi tomonidan o‘zlashtirganlik darajasi aniqlanadi. 100 ballik tizimda baholanadi, o‘tish bali 56 ball. O‘tish balida kam natijaga erishgan tinglovchilar bitiruv ishi himoyasiga ruxsat etilmaydi.

  1. Bitiruv ishi himoyasi qayta tayyorlash kurslarini tashkil etgan ta’lim tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.

Bitiruv ishi himoyasi qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasining mutaxassislik yoki ixtisoslik o‘quv fanlari bo‘yicha tinglovchi tomonidan muayyan bir mavzu doirasida mustaqil yozilgan, mantiqiy tugallangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ilmiy-uslubiy ishning taqdimoti shaklida o‘tkaziladi.

Bitiruv ishi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

titul varag‘i;

annotatsiya;

mundarija;

kirish;

mavzuga oid adabiyotlar tahlili;

mavzu bo‘yicha bajarilgan ilmiy-uslubiy ishlar tahlili;

xulosa va tavsiyalar;

foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

ilovalar.

Bitiruv ishi 100 ballik tizimda baholanadi. Mezon ko‘rsatkichlari quyidagicha:

1) tayyorlanish sifati (5 ball);

2) mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyatining ochib berilishi (8 ball);

3) mustaqil bajarilganligi va ijodiy yondashilganligi (6 ball);

4) maqsad va natijalarning mosligi (6 ball);

5) belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi (4 ball);

6) pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanganligi (10 ball);

7) xulosa va tavsiyalarning asoslanganligi (8 ball);

8) mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlarning to‘g‘ri tanlanganligi (3 ball);

9) taqdimot va berilgan savollarga javoblarning to‘liqligi (50 ball).

O‘tish bali 56 ball.

Yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili, xizmat safarida bo‘lish va boshqalar) qatnasha olmagan tinglovchilarga bir yil davomida qayta topshirish imkoniyati beriladi. Yakuniy attestatsiya sinovlarini qayta topshirish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda, tinglovchiga kursni tugatganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi va bir yil davomida qayta topshirishga ruxsat beriladi.

 

 

 

 

  1. Qayta tayyorlash nima?

Javob: Qayta tayyorlashning tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;

  1. Qayta tayyorlash kurslarini qaysi nizom yoki buyruqlar tartibiga solib turadi?

Javob: Qayta tayyorlash kurslarini vazirlar mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tartibga solib turadi https://lex.uz/ru/docs/-5828765

  1. Qayta tayyorlash kurslari qanday shaklda tashkil etiladi?

Javob: Qayta tayyorlash kurslari VM-25 sonli qaroriga muvofiq, tasdiqlangan o‘quv rejasidagi soatlarning kamida 144 soati oflayn (qolgan qismi onlayn) tartibda tashkil etiladi.

  1. Qayta tayyorlash uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Javob: Kurslarda tahsil olish uchun diplom (ilovasi bilan), pasport yoki ID karta, maktabdan yo‘llanma talab etiladi.

  1. Qayta tayyorlash kurslari qancha vaqt davom etadi?

Javob: Kurslar 5 oydan 11 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

  1. Qayta tayyorlash kursini bitirgach, diplom beriladimi yoki sertifikatmi?

Javob: Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganingizdan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori 2-ilovasida tasdiqlangandek, sertifikat ko‘rinishidagi diplom beriladi.

  1. Qayta tayyorlash kurslari uchun kimga murojaat etish kerak?

Javob: Kurslarda tahsil olish uchun haftaning dushanba-juma kunlari 55 5089 06 67 (2) raqamiga soat 09:00-18:00 gacha telefon orqali bog‘lanish mumkin

  1. 8. Qayta tayyorlashning qanday turlari mavjud?

JavobQayta tayyorlashning asosiy 2 xil turi mavjudpedagogik qayta tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash.

Pedagogik qayta tayyorlash — oliy taʼlim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi Davlat taʼlim standarti (Davlat taʼlim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish.

Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik maʼlumotli mutaxassislar tomonidan taʼlimning tegishli turi Davlat taʼlim standarti (Davlat taʼlim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.

  1. Qayta tayyorlash kurslarining narxlari haqida maʼlumotni qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob: Hozirgi kunda kurslarning narxlari 4 890 000 mingdan – 12 332 000 gacha etib belgilangan. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etuvchi muassasa tomonidan kontrakt summasi tegishli kalkulyatsiya qilib boriladi.

  1. Qayta tayyorlash kurslarining telegram guruhi yoki kanallari mavjudmi?

Javob: Qayta tayyorlash kurslari haqida yana-da batafsil maʼlumotlarni https://t.me/avloniyqaytatayyorlov kanaldan maʼlumot olish mumkin.

Taʼlim xizmatlari

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech