Joriy yilning may oyi holati boʻyicha “Uzluksiz kasbiy ta'lim” elektron platformasi orqali 500 ming nafarga yaqin rahbar va pedagog xodimlar roʻyxatdan oʻtib, shundan 156 815 nafari (31,4%) uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslari sertifikatiga ega boʻlishgan. Jumladan, ishdan ajralgan holda malaka oshirish (an'anaviy) shaklida – 139 268 nafar, shundan 1134 nafari oliy ta'lim muassasalari va nodavlat ta'lim tashkilotlarida, “Uzluksiz kasbiy ta'lim” elektron platformasi orqali mustaqil ta'lim shaklida – 17 309 nafar xodimlar malaka oshirgan.
Faoliyatga doir muhim sanalgan kompetensiyalari boʻyicha diagnostika va oʻzlashtirish natijalari tahlillari oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari 36,3%ga ortganini koʻrsatmoqda.
Birgina misol Platformaga Google kompaniyasining platforma yuzasidan bergan sarhisobiga koʻra, 2023-yil davomida foydalanuvchilar platformaga 326,0 million marotaba tashrif buyurgan. Bu degani har bir foydalanuvchi platformadan oʻrtacha 572 marotaba foydalangan. Googlega koʻra har bir foydalanuvchi platformaning 12 ta ruknidan (shundan 7 tasi kurslarga tegishli) foydalanib, har bir ruknga 16 daqiqa vaqt sarflagan. Foydalanuvchilarning 78 foizi smartfondan, 22 foizi personal kompyuterdan hamda 1 foizdan kamrogʻi esa planshetdan foydalangan.