UNESCO Ta‘lim eksperti bilan ucharuv o‘tkazildi
Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov va masʼullar UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta‘lim bo‘limi rahbari Bojana Zivkovich xonim, taʼlim bo‘yicha eksperti Julian Stanley va ta‘lim bo‘yicha milliy konsultanti Nodir Rahimovlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda UNESCO Ta‘lim ekspertining hududiy pedagogik mahorat markazlariga tashrifi doirasidagi kuzatuv va xulosalari muhokama qilindi.
Xususan, 100 soatlik malaka oshirish kursining o‘quv dasturlari, kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr almashildi.
Hududiy markazlarda faoliyat olib borayotgan metodologik birlashmalar faoliyatining samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, institutning "Uzluksiz kasbiy taʼlim" maxsus elektron platformasi imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirish bo‘yicha ham hamkorlik qilish rejalashtirildi.