Institut haqida

2022-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 134-sonli farmoni bilan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

2021-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori bilan quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilangan: – xalq taʼlimi tizimini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish; – umumiy o‘rta taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish; – doktorantura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshirish; – umumiy o‘rta taʼlim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish; – umumiy o‘rta taʼlimni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish; – kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining taʼlim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash; – xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy taʼminotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashish; – "Uzlyuksiz kasbiy taʼlim" maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritilishini taʼminlash.

2017–2020-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi 3289-sonli Qaroriga asosan institut A.Avloniy nomidagi Xalk taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi. Mazkur Qaror bilan institutga xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch taʼlim muassasasi maqomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori bilan institut Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etildi.

2001–2006-yillar

2001-yil 10-oktyabrdan 2004-yil dekabrgacha A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2004-yil dekabrdan 2006-yil sentyabrgacha A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi rahbar xodimlari malakasini oshirish Markaziy instituti nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan. 2006-yil sentyabrdan boshlab institut A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti deb atalgan.

1998-yil

XTVning 1998-yil 5-dekabrdagi 220-sonli buyrug‘i bilan institut XTV tassarufidagi o‘quv muassasalari va tashkilotlari rahbarlari, umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatlari, sport maktablari xamda mehribonlik uylari rahbar xodimlari, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari rahbar xodimlari, maxsus maktab va maktab-internatlarning rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan.

1992-yil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 169-farmoyishi va XTV ning 1992-yil 22-apreldagi 122-buyrug‘iga binoan institut Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish Markaziy instituti deb qayta nomlangan.

1964-yil 22-sentyabr

O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab viloyatlarda ham malaka oshirish institutlari tashkil etilgani sababli, 1964-yil 22-sentyabrdan unga markaziy institut maqomi berilgan va K.Ushinskiy nomidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish Markaziy instituti deb atala boshlagan.

1945-yil

1945-yil 7-dekabrdan 1964-yil 21-sentyabrgacha K.Ushinskiy nomidagi Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti nomi bilan faoliyatini davom etdirgan.

1941– 1945-yillar

1941– 1945-yillar davomida Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti nomi bilan faoliyat yuritgan.

1934-yil

A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti ilk bor 1934-yil 4-mayda boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini tayyorlash kursi negizida Xalq taʼlimi kadrlari malakasini oshirish instituti nomi bilan tashkil etilgan.

Avloniy ITI raqamlarda

about

Media kontentlar

onlinedu.uz platformasida joylashtirilgan kontentlar

about

MO tinglovchilari

onlinedu.uz platformasida malaka oshirayotgan ustozlar

about

Ustozlar

Respublika maktablaridagi ustozlar soni

about

Maktablar

Respublika maktablar soni

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech