Koreys tili fani o‘qituvchilarining kasbiy mahorati oshirilmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi Koreya taʼlim markazi o‘rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq, joriy yilning 28-iyul sanasidan koreys tili o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari boshlandi.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv seminarida pedagoglarga koreys tili asoslarini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha kurslar tashkil etilgan.
Bugundan seminarning ikkinchi bosqichiga start berildi. Mazkur o‘quv kurslarida respublikamizning barcha hududlaridan 60 nafar koreys tili fani o‘qituvchilari jalb etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar Koreya Respublikasi Chungbuk taʼlim departamentining 15 nafar eksperti, metodist va mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.
Bunda koreys tili o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda.