Boshlang‘ich ta’lim va filologiya fanlari metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi (ona tili va adabiyot fani bo'yicha 1 sht.)

UZS 123 Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 

Ma’lumoti:

  • Magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lishi;

Mutaxassisligi:

  • Institut faoliyati bilan bog‘liq tegishli yo‘nalishdagi ilmiy-pedagogik soha bo‘yicha.

Mehnat staji:

  • Kamida 2 yillik umumiy ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;

  • Shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lishi zarur.

Kompyuter savodxonligi:

  • Microsoft Office dasturlarini (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar) mukammal bilish;

  • Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘ida mustaqil ishlay olish;

  • Turli ish dasturlari bilan samarali ishlash bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish.

Qo‘shimcha talablar:

 O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlarini chuqur bilish:

  • • “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”;
    • “Ta’lim to‘g‘risida”;
    • “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”.

  • Davlat tilini mukammal bilish, shuningdek rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilish — afzal hisoblanadi.

  • Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari va metodik asoslardan xabardor bo‘lish.

  • Doimiy ravishda malakasini oshirib borish, ilmiy-pedagogik faoliyatda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish.

  • Lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan va samarali bajarish.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech