Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti:
-
Magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
-
Ilmiy daraja (jumladan, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy ilmiy darajalar) hamda ilmiy unvonga ega bo‘lish — afzal hisoblanadi;
-
Shu bilan birga, bunday daraja yoki unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot yoki ishlab chiqarish tajribasiga ega nomzodlar ham ishtirok etishi mumkin.
Mutaxassisligi:
-
Institut faoliyati bilan bog‘liq tegishli yo‘nalishdagi ilmiy-pedagogik soha bo‘yicha.
Mehnat staji:
-
Kamida 2 yillik umumiy ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
-
Shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lishi zarur.
Kompyuter savodxonligi:
-
Microsoft Office dasturlarini (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar) mukammal bilish;
-
Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘ida mustaqil ishlay olish;
-
Turli ish dasturlari bilan samarali ishlash bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Qo‘shimcha talablar:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlarini chuqur bilish:
-
• “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”;
• “Ta’lim to‘g‘risida”;
• “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”. -
Davlat tilini mukammal bilish, shuningdek rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilish — afzal hisoblanadi.
-
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari va metodik asoslardan xabardor bo‘lish.
-
Doimiy ravishda malakasini oshirib borish, ilmiy-pedagogik faoliyatda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish.
-
Lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan va samarali bajarish.