Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti:
-
Tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent yoki katta ilmiy xodim unvoniga ega bo‘lishi;
-
Yoki fan doktori (DSc), fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lishi;
-
Shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Mutaxassisligi:
-
Institut faoliyatiga mos tegishli yo‘nalishdagi ilmiy-pedagogik soha bo‘yicha.
Mehnat staji:
-
Kamida 3 yillik umumiy ish tajribasiga ega bo‘lishi zarur;
-
Shundan kamida 2 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lishi shart.
Kompyuter savodxonligi:
-
Microsoft Office dasturlarini (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar) mukammal bilish;
-
Zamonaviy axborot texnologiyalari hamda internet tarmog‘ida mustaqil ishlay olish;
-
Turli ish dasturlari bilan samarali ishlash bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Qo‘shimcha talablar:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlarini yaxshi bilish:
-
• “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”;
• “Ta’lim to‘g‘risida”;
• “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”. -
Davlat tilini mukammal bilish, shuningdek rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilish — afzal hisoblanadi.
-
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va ilmiy-metodik asoslardan xabardor bo‘lish.
-
Doimiy ravishda malakasini oshirib borish, ilmiy-pedagogik faoliyatda zamonaviy yondashuvlardan foydalana olish.
-
Lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni yuqori mas’uliyat bilan bajarish.