Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumoti:
-
Oliy ma’lumotli, magistr diplomiga ega bo‘lishi shart.
-
Ilmiy darajaga egalik — afzallik beradi.
Mutaxassisligi:
-
Pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lishi zarur.
Mehnat staji:
-
Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
-
Tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan OTM bitiruvchilariga afzallik beriladi.
-
Shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ma’muriy-boshqaruv lavozimida yoki soha yo‘nalishida faoliyat yuritgan bo‘lishi kerak.
Kompyuter savodxonligi:
-
Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar)ni mukammal bilish;
-
Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘ida mustaqil ishlay olish;
-
Turli ish dasturlari bilan samarali ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Qo‘shimcha talablar:
-
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlarini chuqur bilish:
• “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”;
• “Ta’lim to‘g‘risida”;
• “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”. -
Davlat tilini mukammal bilish, shuningdek rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilish — afzal hisoblanadi.
-
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va standartlardan xabardor bo‘lish.
-
Doimiy ravishda malakasini oshirib borish, lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.