“Ta‘lim sifati monitoringi” o‘quv qo‘llanma
Ushbu qo‘llanma “Ta‘lim menejmenti” magistratura mutaxassisligi talabalari va bo‘lajak menejerlar uchun
O‘quv qo‘llanma “Ta‘lim menejmenti” magistratura mutaxassisligi talabalari va bo‘lajak menejerlar uchun “Ta‘lim sifati monitoringi” fanidan ta‘lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo'lib, unda ta‘lim sifatini baholash va monitoring qilishning nazariy, metodologik asoslari, yurtimizda va dunyoda mavjud bo‘lgan tizimlar haqida ma‘lumot berilgan. O‘zbekistonda ta‘lim sifatini nazorat qilishning me‘yoriy-huquqiy asoslari, shuningdek, ushbu jarayonlarning ta‘lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, pedagoglarning mahorati va pedagogik mahoratni baholash jarayoni, doimiy o‘z ustida ishlashi, zamonaviy ta‘lim texnologiyalari, raqamli texnologiyalardan foydalanib pedagoglar va ta‘lim tashkilotlari xodimlarining uzluksiz malakasini oshirib borish zarurati masalalari yoritilgan.