director

Palvannazirov Sardorbek Xamrobek o‘g‘li

markaz direktori

Palvannazirov Sardorbek Xamrobek o‘g‘li

Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori – bo‘lim boshlig‘i: 

 

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining doirasida Xalqaro tadqiqotlar markazi faoliyatiga oid vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Ustavga asosan ishlarni tashkil etadi;

- Xalqaro tadqiqotlar markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, unga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob berish;

- Xalqaro tadqiqotlar markazi faoliyatiga doir hisobotlar taqdim etadi;

- ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etadi;

- Xalqaro tadqiqotlar markazi faoliyatining joriy va istiqboldagi rejalari tuzilishini tashkil etadi;

- bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlarning lavozim majburiyatlarini vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

- Xalqaro tadqiqotlar markazida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik va eksperimental ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

- Xalqaro tadqiqotlar markazining tarkibiy bo‘linmalari hisobotlarini tinglash, ularning ish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

- Xalqaro tadqiqotlar markazi faoliyatini tashkil etish uchun innovatsion texnologiyalarni o‘rganib chiqish va joriy etilishi uchun rektorga ma’lumot kiritadi;

- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS va boshqa xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha milliy rejalashtirish va amalga oshirish bilan bog‘liq barcha vazifalarni xodimlar o‘rtasida taqsimlash, ularning samarali bajarilishini tashkil etish va nazorat qiladi;

- Milliy loyiha menejerlari majlislarida to‘liq huquqlarga ega bo‘lgan holda ishtirok etish (so‘zlash, axborot almashish va qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish);

- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS va boshqa xalqaro tadqiqotlar yakunlari asosida milliy tahliliy hisobotlarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi;

- Xalqaro tadqiqotlar markazining ichki tartib-qoidalarini xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, jamoada sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish choralarini ko‘radi;

- Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech