Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i:
- Bo‘lim faoliyatini tashkil qiladi, boshqaradi va bu faoliyat bilan bog‘liq barcha jarayonlarni muvofiqlashtiradi;
- bo‘limning yillik ish rejasini tuzadi, uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritadi va bajarilishini ta’minlaydi;
- bo‘lim xodimlarining ishlarini taqsimlaydi va ularning mehnat faoliyatini nazorat qiladi;
- Institutning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlari bilan imzolangan bitimlari asosida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
- Institutning rahbariyatiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar kiritadi;
- xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari, markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan institutning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
- xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarni amalga oshirish borasida Institut bo‘limlari, markazlariga yordam beradi;
- xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Institut ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishiga ko‘maklashadi;
- loyihalarni boshqarish va tashqi aloqalarning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi va amalga oshiradi;
- xorijiy ta’lim muassasalari va markazlarida ta’lim olish yoki malaka oshirish uchun yuboriladigan nomzodlar ro‘yxatini institut rahbariyatiga tavsiya qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘rnatilgan tartibda Institutning xalqaro aloqalari bilan bog‘liq hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etadi;
- xodimlarning o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilimlarini oshirishi va ish natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho beradi hamda ularni rag‘batlantirish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- bo‘limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.

Mardonov Shaxzod Rasul o‘g‘li
Xalqaro xamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi:
- Institut Ustavi talablariga va mehnat intizomiga qat’iy rioya etadi;
- bo‘limning yillik ish rejasini tuzishda, hisobotlar tayyorlashda faol ishtirok etadi;
- bo‘limning ish rejasini bajarish yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borilishini ta’minlaydi;
- bo‘lim ish rejalarida belgilangan masalalar bo‘yicha xat va tavsiyalarni tayyorlash, ularni joylarga yetkazish faoliyatini amalga oshirish, bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qilish va bo‘lim boshlig‘iga ma’lumot tayyorlaydi;
- rejalashtirilgan masalalarni bajarilganligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qiladi va uni umumlashtiradi;
- bo‘lim hujjatlarini tartibli yuritish ishlarini bajaradi;
- Institutga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar vakillari, professor-o‘qituvchilari va mutaxasislari bilan davra suhbatlari va uchrashuvlarini tashkil etadi;
- Institutga tashrif buyuradigan xorijlik delegatsiya a’zolarining safar dasturlarini ishlab chiqadi va uchrashuvlarda hamrohlik qiladi;
- bayram va tantanalar yoki motam munosabati bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan muassasa hamda tashkilotlarga Institut rahbariyati nomidan tabriknoma, hamdardlik munosabatlari bildirilgan murojaat xatlari yuborilishni tashkil etadi;
- Institut va xorijiy davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnoma, memorandumlar doirasida hamda boshqa xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy safarda bo‘lib kelgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va doktorantlardan o‘rnatilgan tartibda hisobotlar taqdim etilishini talab qiladi;
- malaka olish uchun yuborilgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar haqida aniq ma’lumotlar bazasini to‘playdi va kompyuterga kiritadi;
- xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistrant va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;
- e’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish;
- bo‘lim uchun biriktirilgan jihozlar va asbob uskunalarning saqlanishini ta’minlaydi;
- Institut faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
- rektor va bo‘lim boshlig‘i tomonidan ushbu lavozim vazifalaridan tashqari boshqa funksiya va majburiyatlar yuklatilishi mumkin;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.
Normurodova Aziza Zuxriddin qizi
Yetakchi mutaxassis
Normurodova Aziza Zuxriddin qizi
Xalqaro xamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi:
Institut Ustavi talablariga va mehnat intizomiga qat’iy rioya etadi;
bo‘limning yillik ish rejasini tuzishda, hisobotlar tayyorlashda faol ishtirok etadi;
bo‘limning ish rejasini bajarish yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borilishini ta’minlaydi;
bo‘lim hujjatlarini tartibli yuritish ishlarini bajaradi;
Institutga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar vakillari, professor-o‘qituvchilari va mutaxasislari bilan davra suhbatlari va uchrashuvlarini tashkil etishda ko‘maklik qilish;
Institutga tashrif buyuradigan xorijlik delegatsiya a’zolarining safar dasturlarini ishlab chiqadi va uchrashuvlarda hamrohlik qiladi;
Institut va xorijiy davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnoma, memorandumlar doirasida hamda boshqa xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy safarda bo‘lib kelgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va doktorantlardan o‘rnatilgan tartibda hisobotlar taqdim etilishini talab qiladi;
bo‘lim boshlig‘i ish taqsimotiga asosan xorijiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotnomalarni boyitib borish ustida ish olib boradi;
xorijiy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan har qanday shartnoma va uchrashuv bayonnomalarini tarjima qiladi va rahbariyatga taqdim etadi;
Institutga kelayotgan xorijiy ta’lim muassasalari takliflari, xatlarini tarjima qiladi, ularni ma’lumotlar zahirasiga to‘plab boradi;
internet orqali respublikamiz va xorijda ta’lim sohasida yuz berayotgan yangiliklar, ulardagi oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosat va xalqaro hamkorlik tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar bazasini takomillashtiradi, oliy ta’lim sohasida sodir bo‘layotgan yangiliklarni axborot tarzida rahbariyatga taqdim etadi;
bo‘lim boshlig‘i ish taqsimotiga ko‘ra O‘zbekiston va xorij oliy ta’lim tashkilotlaridan bo‘limga tushayotgan yozishmalarni o‘rganib chiqadi va ularga javob xatlari tayyorlaydi;
Institut faoliyatiga doir barcha ko‘rinishdagi xatlar, hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni tarjima qiladi;
bo‘lim uchun biriktirilgan jihozlar va asbob uskunalarning saqlanishini ta’minlaydi;
Institut faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.
rektor va bo‘lim boshlig‘i tomonidan ushbu lavozim vazifalaridan tashqari boshqa funksiya va majburiyatlar yuklatilishi mumkin;
o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.