director

Darvishxo'jayev Abdurashid Abdulxakimovich

Markaz direktori

Darvishxo'jayev Abdurashid Abdulxakimovich

Ta’lim xizmatlari markazi direktori: 

Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Institutning qaror va buyruqlari asosida markazdagi o‘quv-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonini va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi, boshqaradi va markazning faoliyati uchun to‘liq javob beradi;

- markazning pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, kadrlarni  tanlash va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi;

- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;

- ehtiyojga ko‘ra, ta’lim xizmatlarini tashkil etadi, jarayonni nazorat qiladi;

- tashkil etilgan xizmatlar va o‘quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llanishiga rahbarlik qiladi;

- markazni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishi, Markazni boshqarishning tashkiliy tarkibini va shartnomalar tuzishni, nizomlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar o‘tkazishni tashkillashtiradi;

- tashkil etilgan ta’lim xizmatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni institut rahbariga tasdiqqa kiritadi hamda ijrosini sifatli tarzda ta’minlashga javob beradi.

- xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlarini bajarishini, markaz xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy lokal hujjatlar, kasbiy odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish hamda qat’iy rioya etilishini nazoratga oladi;

- ta’lim xizmatlarining tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida olib borilishini nazorat qiladi;

- Markazning yillik, choraklik hisobotlarini tayyorlaydi;

- pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratadi;

- Ta’lim xizmatlarini tashkil etishda ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilarni institut rahbariyatiga tavsiya qiladi.

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Markaz direktori vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini Markaz direktori o‘rinbosari amalga oshiradi.

director

Mexmonov Ismat Toshpo‘latovich

Direktor o'rinbosar

Mexmonov Ismat Toshpo‘latovich

Ta’lim xizmatlari markazi direktor o‘rinbosari: 

Tashkil etilgan ta’lim xizmatlariga oid buyruqlarini markaz rahbari bilan ishlab chiqadi va institut rahbariga tasdiqqa kiritadi;

- ta’lim iste’molchilariga tegishli elektron platformada davlat namunasidagidek hujjat (diplom, sertifikat, ma’lumotnoma) tayyorlaydi;

- har oyning oxirida, faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi;

- ijro tizimidan kelib tushadigan murojaatlarga tegishli tartibda javob berishda markaz rahbariga ko‘maklashadi;

- markazning ichki tartib-qoidalarining xodimlar va tinglovchilar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat qiladi;

- tinglovchilarni innovatsion metodlar bilan o‘qitishning o‘quv dasturini kafedralar bilan hamkorlikda ishlab chiqadi;     

- o‘quv mashg‘ulotlarini tahlil qiladi;

- markaz va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali mexanizmlarini topadi;

- o‘quv jarayonini tashkil qiladi, ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;

- pedagog xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;

- texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibda, pedagogik xodimlar mehnatini va tinglovchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlaydi;

- hududiy markazlarda tashkil etiladigan ta’lim xizmatlari faoliyatini nazorat qiladi;

- ishning sifat va son ko‘rsatkichlarini, rejali vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

- markaz faoliyatining o‘quv rejalarini bajarilishini nazorat qiladi, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqadi;

- kafedralar bilan hamkorlikda fanlar kesimida mavzu banklari, oraliq va yakuniy nazorat test banklari, namunaviy o‘quv dasturlari, fan dasturlari va o‘quv va boshqa xizmatlar rejalarini ishlab chiqadi, institut ilmiy kengashiga tasdiqqa kiritadi.

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

- Markaz direktori vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini Markaz direktori o‘rinbosari amalga oshiradi

director

Beknazarov Jo'rabek Xamidjanovich

Bosh mutaxassis

Beknazarov Jo'rabek Xamidjanovich

Ta’lim xizmatlari markazi bosh mutaxassisi: 

- Markaz hujjatlari bilan ishlaydi (xizmatdan foydalanuvchilar hujjatini yig‘ish va tahlil qilish, buyruqlar ishlab chiqish, xodimlar va dars beruvchi professor-o‘qituvchilar hujjatini yuritish va nazorat qilish);

- markazning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida kafedra va bo‘limlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazadi;

- markaz faoliyatiga doir me’yoriy, metodik va yo‘riqnoma hujjatlarini tayyorlanishini nazorat qiladi.

- kafedralar bilan hamkorlikda fanlar kesimida mavzu banklari, oraliq va yakuniy nazorat test banklari, namunaviy o‘quv dasturlari, fan dasturlari va o‘quv va boshqa xizmatlar rejalarini ishlab chiqishda markazning direktor o‘rinbosariga ko‘maklashadi;

- tashkil etilgan xizmatlarga oid hujjatlarini yuritilishi va saqlanishini to‘liq ta’minlaydi;

- o‘quv ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlarni tuzadi;

- xizmat foydalanuvchilariga pedagogik amaliyot ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazish to‘g‘risida yig‘ilishlar o‘tkazadi, tegishli tushuntirish ishlarini olib boradi;

- diplomlarni tegishli tartibda temir daftardan ro‘yxatdan o‘tkazadi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
director

Bozorov Jasurbek Sadillayevich

1-toifali mutaxassis

Bozorov Jasurbek Sadillayevich

Ta’lim xizmatlari markazi birinchi toifali mutaxassisi: 

Markaz hisobotlari, nazorat qiluvchi va texnologik hujjatlar tuzishda ishtirok etadi;

- xizmatdan foydalanuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi va tegishli tartibda saqlanishiga javobgar bo‘ladi;

- xizmatdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va elektron formatda markaz rahbariga taqdim etadi;

- ma’lumotlar bazasini doimiy yangilab boradi;

- xizmatdan foydalanuvchilarning kunlik davomatini aniqlaydi;

- xizmatdan foydalanuvchilarga maslahatlar berib boradi;

- o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan hujjatlarni yuritadi;

- markazning istiqbol rejasini tuzish, markaz hisobotlari, o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- o‘quv jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini olib boradi;

- institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida kafedra va bo‘limlar bilan hamkorlikda tadbirlarda ishtirok etadi;

- markazning hududlarda (viloyatlarda) tashkil etiladigan ta’lim xizmatlari faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etadi;

- bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan hujjatlarini tayyorlashda, ro‘yxatdan o‘tkazishda va tarqatishda markaz direktor o‘rinbosariga ko‘maklashadi;

- o‘quv predmetlarni fanlar kesimida o‘qitilishini nazorat qiladi;

- kafedralar bilan hamkorlikda fanlar kesimida mavzu banklari, oraliq va yakuniy nazorat test banklari, namunaviy o‘quv dasturlari, fan dasturlari va o‘quv va boshqa xizmatlar rejalarini ishlab chiqishda markazning direktor o‘rinbosariga ko‘maklashadi;

- o‘quv predmetlari bo‘yicha nazorat modullarini fanlar kesimida tashkil etadi va o‘tkazadi;

- xizmatlar kesimida jurnallar va qaydnomalarni yuritadi va markazning direktor o‘rinbosariga taqdim etadi;

- o‘quv rejalari asosida xizmatlar taqvim rejalari (dars jadvallari va h.k.)ni tuzish va xizmatlar va dars mashg‘ulotlarini jadvalga asosan o‘tkazilishini nazorat qiladi;

- xizmatdan foydalanuvchilarga mustaqil bilim olishlari va o‘quv-metodik adabiyotlarni tanlash masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Ergashev Raxim Abdulxamidovich

Koordinator

Ergashev Raxim Abdulxamidovich

Ta’lim xizmatlari markazi koordinatori: 

Markaz tomonidan tashkil etilgan xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan talabgorlarga ma’lumotlar berib boradi;

tegishli xizmatlar bo‘yicha yetarlicha talabgor yig‘ilgach, talabgorlar hujjatlarini Ta’lim xizmatlari markazi direktori o‘rinbosariga taqdim etadi;

markaz xizmatidan foydalanish istagidagi talabgorlarga tushunchalar berib boradi, kelayotgan qo‘ng‘iroqlarga hamda murojaatlarga javob beradi;

Institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida kafedra va bo‘limlar bilan hamkorlikda tadbirlarda ishtirok etadi;

markazda tashkil etilgan barcha pullik to‘lov kurslari shartnomalarini tuzishda  
Markazning 1-toifali iqtisodchisiga ko‘maklashadi.

o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech