director

Zokirjonova Shahlo Tohirjon qizi

Yetakchi mutaxassis

Zokirjonova Shahlo Tohirjon qizi

Ta’lim sifati nazorati bo‘limi yetakchi mutaxassisi:

 

- Bo‘limga kelgan xat va hujjatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

- tegishli xat va hujjatlarni hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruvi idoralariga yetkazadi;

- uzluksiz kasbiy rivojlantirish o‘quv jarayonlari, pedagogik va kasbiy qayta tayyorlov, “Menejerlik” kurslarini hamda “Ta’limda menejment” va “Kattalar ta’limi” magistratura mutaxassisliklarini (onlayn va an’anaviy) kuzatib boradi va darslar sifatli amalga oshirilishini monitoring qiladi;

- tinglovchilar davomatini o‘rganib boradi;

- kurslarga tegishli bo‘lgan hujjatlarni o‘rganadi;

- tinglovchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlarini bajarish darajasini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalarni o‘tkazishda ishtirok etadi;

- so‘rovnoma natijalari asosida professor-o‘qituvchilarining faoliyatini tahlil qiladi;

- kurslar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, bo‘lim boshlig‘iga kiritadi;

- institut va bo‘limda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etadi;

- bo‘limning ish rejasini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Rasulov Sardor Anarboyevich

Bo'lim boshlig'i

Rasulov Sardor Anarboyevich

Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i:

 Institut Nizomiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi Nizomi talablariga rioya qiladi;

bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va bu faoliyat bilan bog‘liq barcha jarayonlarni muvofiqlashtiradi;

bo‘limning yillik ish rejasini tuzish, uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish va bajarilishini ta’minlaydi;

institutning pedagogik va kasbiy qayta tayyorlov kurslari faoliyatini o‘rganish jarayonlarini nazorat qiladi;

institutning “Ta’limda menejment” va “Kattalar ta’limi” magistratura mutaxassisliklarini o‘rganish jarayonlarini nazorat qiladi;

institutda tashkil etilgan “Menejerlik o‘quv kurslari” faoliyatini o‘rganish jarayonlarini nazorat qiladi;

institutda tashkil etilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish o‘quv jarayonlarini nazorat qiladi;

o‘quv jarayonlari yakunida institut rektoriga tahliliy ma’lumot hamda kurslar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

uzluksiz kasbiy rivojlantirish va qayta tayyorlash kurslari, o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatiga doir muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Hududiy markazlari faoliyatini o‘rganadi;

o‘rganish jarayonlari yakunida Hududiy markazlari faoliyati, uzluksiz kasbiy rivojlantirish va qayta tayyorlash jarayonlarini yaxshilash maqsadida institut rektoriga tahliliy ma’lumot hamda kurslar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

tegishli bo‘limlar bilan birgalikda tinglovchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va malaka talablarini bajarish darajasini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalarni o‘tkazadi;

so‘rovnoma natijalariga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning faoliyatiga, layoqati va salohiyatiga baho berish hamda ularning faoliyati bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi;

institut Kengashida va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi;

bo‘limga xodimlarni shtat jadvaliga asosan ishga qabul qilish yuzasidan institut rektoriga takliflar beradi;

bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi;

bo‘lim xodimlari tomonidan institut ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;

bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;

bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin;

o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta'limga oid qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlarning hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlarning tegishliligi boʻyicha ijrosini ta'minlaydi;

- boʻlimga umumiy rahbarlik qiladi, unga yuklangan barcha vazifalar bajarilishini ta'minlaydi, boʻlimning yillik ish rejasini tuzadi hamda ijrosini ta'minlaydi, ta'lim sifati monitoringini nazorat qiladi;

- institut Ustaviga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Nizom talablariga rioya qiladi; boʻlim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va bu faoliyat bilan bogʻliq barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish;boʻlimning yillik ish rejasini tuzish, uni oʻrnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish va bajarilishini ta'minlaydi;

- uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish oʻquv jarayonlari, pedagogik va kasbiy qayta tayyorlov hamda “Menejerlik” kurslari tinglovchilaridan olingan soʻrovnoma natijalari, ma'naviy-ma'rifiy va boshqa tashkiliy ishlardagi ishtiroki boʻyicha institut professor-oʻqituvchilarining reyting koʻrsatkichlarini aniqlash jarayonini tashkil etish;

- uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish oʻquv jarayonlari, pedagogik va kasbiy qayta tayyorlov hamda “Menejerlik” kurslarini (onlayn va an'anaviy) kuzatib boradi va darslar sifatli amalga oshirilishini monitoring qiladi, takliflar ishlab chiqadi;

- professor-oʻqituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilib borish professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini hamda belgilangan hujjatlarni qonun talablariga muvofiq yuritilishini tahlil qilish;

- o'quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli boʻlimlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish;

- ta'lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qiladi, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar beradi;

- institut Kengashida boʻlim tomonidan ta'lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish vamonitoring natijalari toʻgʻrisida ma'lumotlar berib borish;

- boʻlimga xodimlarni shtat jadvaliga asosan ishga qabul qilish yuzasidan Institut rektoriga takliflar beradi;

- boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi;boʻlim xodimlari tomonidan institut ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;

- boʻlim xodimlari tomonidan ta'lim sifatini oshirishga doir takliflarini tahlil qiladi;

- boʻlim xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;

- boʻlim boshligʻi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarga ham boʻlishi mumkin.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech