Temirov Muhammad Mahmud o'g'li
Tadqiqotlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i:
- Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va bo‘limning yillik ish rejasini ishlab chiqadi;
- yillik ish rejani o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, unda ko‘rsatilgan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
- test sinovlari va anketa so‘rovnomalari orqali xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda sinovlarni o‘tkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlagan holda tashkil etadi;
- bino va inshootlarni PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlar o‘tkazish uchun jihozlash borasida qo‘yiladigan talablarni tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda birga ishlab chiqadi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlar ishtirokchilari bankini shakllantiradi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha amaliy-seminarlar tashkil qiladi;
- manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlar ishtirokchilari ma’lumotlar bankini shakllantiradi, ularning yo‘nalishlar va guruhlar bo‘yicha taqsimotini amalga oshiradi;
- amaldagi va rivojlangan davlatlar tajribalari asosida PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirib boradi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlar ishtirokchilari uchun test sinovi tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarning belgilangan tartib va qoidalari asosida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
- test sinovlarini o‘tkazish, tashkil etish va belgilangan tartibda tasdiqlashda ishtirok etadi;
- bo‘lim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbarlarga kiritadi;
- xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan ta’lim muassasalarida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda takliflar tayyorlaydi;
- bo‘limga kadrlarni tanlash yuzasidan Xalqaro tadqiqotlar markazi direktoriga takliflar taqdim etadi;
- o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borishda hamkorlik qiladi;
- internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratishda takliflar tayyorlaydi;
- o‘z vazifasiga doir amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Xalqaro tadqiqotlar markazi direktoriga hisobot kiritadi;
- boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash (PIRLS), 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash (TIMSS), 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash (PISA), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish (TALIS) xalqaro tadqiqotlarining yo‘nalishlariga mos ravishda (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik, kreativ fikrlash) tayanch maktablarda tegishli tadbirlarni o‘tkazish uchun tizimdagi tajribali mutaxassislar orasidan trenerlar guruhi shakllantirish;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Mamadjanov Komil Axmadjanovich
yetakchi mutaxassis
Mamadjanov Komil Axmadjanovich
Tadqiqotlarni tashkil etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi:
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishga jalb qilingan ekspertlar, pedagoglar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida seminar-trening, video-seminar (vebinar)lar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
- test topshiruvchilar uchun test sinovi tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- test sinovlarining belgilangan tartib va qoidalari asosida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishga doir zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida hamda ularga oid kompyuter dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlari sinovlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilish va natijalarni chiqarishni joriy etadi;
- bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq bajarilgan ishlar natijalari bo‘yicha ilmiy maqolalar tayyorlaydi va chop etadi;
- bo‘limda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish masalalariga oid hujjatlarni va tajribalarni o‘rganish ishlarini tashkil etadi;
- xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan ta’lim muassasalarida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda takliflar tayyorlaydi.
- o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borishda hamkorlik qiladi;
- internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratishda takliflar tayyorlaydi;
- o‘z vazifasiga doir amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga hisobot kiritadi;