
To‘ymuradov Abror Alisher o‘g‘li
Bo'lim boshlig'i
To‘ymuradov Abror Alisher o‘g‘li
Tadqiqot materiallarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i:
- Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va bo‘limning yillik ish rejasini ishlab chiqadi;
- yillik ish rejani o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, unda ko‘rsatilgan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha nazorat sinov materiallarni tayyorlaydi;
- nazorat materiallarini shakllantirishda savollar bazasining mazmuni va sifati davlat ta’lim standartlari hamda fan dasturlari, shuningdek, PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlar talablariga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazishda rahbarlik qiladi;
- PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro tadqiqotlari jarayonlariga oid nazorat materiallarini shakllantirish uchun jamoatchi ekspertlar faoliyatiga ilmiy, uslubiy va tashkiliy ko‘rsatmalar beradi;
- bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq bajarilgan ishlar natijalari bo‘yicha ilmiy maqolalar tayyorlaydi va chop ettiradi;
- bo‘limda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish masalalariga oid hujjatlarini va tajribalarini o‘rganish ishlarini tashkil etadi;
- yuqori malakali mutaxassislardan iborat umumta’lim va maxsus fanlar ekspertlari bankini shakllantiradi;
- sinov materiallarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish talablari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
- ekspertlar uchun testologiya asoslari bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;
- davlat ta’lim standartlariga muvofiq tadqiqotlar yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha turli xil murakkab darajadagi test materiallarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
- test sinovlari natijalari asosida test materiallari bankini maxsus dastur asosida statistik tahlil qiladi va uni takomillashtiradi;
- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida test materiallari bankini shakllantirish texnologiyasini takomillashtiradi;
- xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha test materiallari bankini shakllantiradi;
- test materiallari maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- test materiallari bankini shakllantirish, test sinovlarini o‘tkazish masalalari sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
- ilmiy tadqiqot o‘tkazish natijalari asosida takomillashtirilgan pedagogik o‘lchovlar vositalarining namunalarini ishlab chiqish va aprobatsiyadan o‘tkazishga boshchilik qiladi;
- testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasi bo‘yicha ilmiy, amaliy, o‘quv va boshqa materiallarni ekspertizadan o‘tkazadi;
- pedagogik o‘lchov vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish talablari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
- ekspertlar uchun testologiya asoslari va pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;
- muayyan o‘quv muassasalari uchun o‘quvchilarning erishgan natijalarini va o‘sishini modellash uchun asos yaratish uchun domen ekspertlari bilan hamkorlik qiladi;
- o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yangi metodologiyalarni ishga solish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni aniqlaydi;
- baholashning texnik tavsiflarini yoritadigan keng qamrovli auditoriya hisobotlari va prezentatsiyalar tayyorlaydi va taqdim etadi;
- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda tegishli fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklar mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda takliflar tayyorlaydi;
- umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganish bo‘yicha qo‘llaniladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish va modernizatsiya qilish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantiradi;
- o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishlari, shuningdek mustaqil ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratishda takliflar tayyorlaydi;
- xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan ta’lim muassasalarida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etadi hamda xalqaro tadqiqotlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
- bo‘lim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbarlarga kiritadi;
- xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratishda ishtirok etadi;
- o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilishda takliflar tayyorlaydi;
- o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borishda hamkorlik qiladi;
- internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratishda takliflar tayyorlaydi;
- bo‘limga kadrlarni tanlash yuzasidan Xalqaro tadqiqotlar markazi direktoriga takliflar taqdim etadi;
- o‘z vazifasiga doir amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Xalqaro tadqiqotlar markazi direktoriga hisobot kiritadi;
- o‘quv mashg‘ulotlar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini o‘tkazish uchun ochiq materiallar asosida o‘quv-metodik materiallar, mustaqil shug‘ullanish uchun topshiriqlar, audio-video resurslar, nazorat va tarqatma materiallarni (keyingi o‘rinlarda “materiallar” deb yuritiladi) ishlab chiqish va ularni tayanch maktablarga yetkazilishi (konfidensial materiallar bundan mustasno) va maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;
- 7-, 8-, 9-sinflar o‘quvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi hamda 3-, 4-sinf o‘quvchilari uchun PIRLS baholash dasturi doirasida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratadi;
- xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan respublika va xalqaro seminarlar materiallarining (taqdimotlar, qo‘llanmalar, videoroliklar) mazmun-mohiyatini tayanch maktablar pedagogik jamoasiga yetkazadi;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Karimov Nizomjon Abduqayumovich
yetakchi mutaxassis
Karimov Nizomjon Abduqayumovich
Tadqiqot materiallarini tayyorlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi:
- Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun nazorat sinov materiallarini sifatli tayyorlanishiga mas’ul hisoblanadi;
- nazorat sinov materiallarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi;
- testning birinchi nusxasini tayyorlagandan so‘ng, test materiallari sifatini ekspert baholaydi (ichki ekspertiza);
- test sinovlari va test topshiriqlarining sifatini ta’minlashda ishtirok etadi;
- test topshiriqlari sifatini to‘liq baholashda ishtirok etadi;
- sinov materiallari sifatini har tomonlama tekshirish, yangi avlod sinov materiallari sifatini ularning rivojlanish bosqichida yaxshilash va sinov, baholash jarayonlarini ishonchli hamda haqiqiy sinov o‘lchagichlari bilan ta’minlaydigan standartlashtirilgan test topshiriqlari va testlar bankini yaratadi;
- xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratadi;
- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda takliflar tayyorlaydi;
- o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilishda takliflar tayyorlaydi;
- o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borishda hamkorlik qiladi;
- internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratishda takliflar tayyorlaydi;
- o‘z vazifasiga doir amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga hisobot kiritadi;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
Ruziyeva Kunduzxon Yusufjonovna
Bosh mutaxassis
Ruziyeva Kunduzxon Yusufjonovna
Tadqiqot materiallarini tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi:
Xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratishda takliflar tayyorlaydi;
xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun nazorat sinov materiallarini sifatli tayyorlanishiga boshchilik qiladi;
nazorat sinov materiallarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi;
testning birinchi nusxasini tayyorlagandan so‘ng, test materiallari sifatini ekspert baholaydi (ichki ekspertiza);
test sinovlari materiallari sifatini har tomonlama tekshirish, yangi avlod sinov materiallari sifatini ularning rivojlanish bosqichida yaxshilash va sinov, baholash jarayonlarini ishonchli hamda haqiqiy sinov o‘lchagichlari bilan ta’minlaydigan standartlashtirilgan test topshiriqlari va testlar bankini yaratadi;
test sinovlari va test topshiriqlarining sifatini ta’minlaydi;
test topshiriqlari sifatini to‘liq baholaydi;
xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda takliflar tayyorlaydi;
xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratadi;
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilishda takliflar tayyorlaydi;
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borishda hamkorlik qiladi;
internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratishda takliflar tayyorlaydi;
o‘z vazifasiga doir amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga hisobot kiritadi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin;
o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.