Ismailov Musabek Ruslan o'g'li
Bo‘lim boshlig‘i
Ismailov Musabek Ruslan o'g'li
STEM va virtual laboratoriyalari bo‘limi boshlig‘i:
- Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut buyruqlari, ilmiy kengash, ilmiy-metodik kengash qarorlari, institutning ustavi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot jarayonini, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etadi;
- STEM va virtual laboratoriyalarni rivojlantirishga doir takliflarni institut rahbariyatiga kiritadi;
- o‘quvchilar va pedagoglar uchun to‘garaklar, treninglar va boshqa tadbirlarni rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;
- bo‘lim xodimlarining o‘z lavozim majburiyatlarini to‘liq va sifatli bajarishini nazorat qiladi;
- bo‘limda ishlab chiqilgan dasturlar va resurslarning sifatini baholash hamda ularning dolzarbligini ta’minlaydi;
- STEM va virtual laboratoriya bo‘limida tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlarini nazorat qilib boradi;
- bo‘lim tomonidan yangi startap loyihalariga boshchilik qiladi;
- STEM va virtual laboratoriya o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarning bajarilishini nazorat qiladi;
- ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
- STEM va virtual laboratoriya o‘qituvchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda olib borilishini va o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tishini nazorat qiladi;
- STEM va virtual laboratoriya xodimlarining belgilangan tartibda malakasini oshirishi bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- STEM va virtual laboratoriya bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
- STEM va virtual laboratoriya bo‘limi tomonidan o‘qitiladigan dars va o‘quvchilar uchun to‘garak mashg‘ulotlarning o‘quv-mavzu rejalari va dasturlariga tegishli o‘zgartirishlar va yangiliklarni kiritish bo‘yicha takliflar beradi;
- o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni va innovatsiyalarni qo‘llagan holda ochiq dars ishlanma (ma’ruza matn)larni ko‘rib chiqish va amaliy, uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- bo‘lim jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantiradi;
- bo‘lim faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
- bo‘lim xodimlari tomonidan mehnat intizomi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.
Komilov Quvonchbek Nazirjon o'g'li
Yetakchi mutaxassis
Komilov Quvonchbek Nazirjon o'g'li
STEM va virtual laboratoriyalari bo‘limi yetakchi mutaxassisi
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut buyruqlari, ilmiy kengash qarorlari, institutning ustavi, bo‘lim nizomi asosida faoliyat yuritadi;
- Virtual laboratoriyalarni boshqaradi va ularning texnik jihozlarini soz holda saqlashga mas’ul hisoblnadi;
- o‘quvchilar va pedagoglar uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qiladi va ularga texnik ko‘mak beradi;
- STEM fanlariga oid innovatsion texnologiyalar va interaktiv o‘quv dasturlarini sinovdan o‘tkazadi va joriy qiladi;
- o‘quvchilarni STEM yondashuviga oid ko‘rik-tanlovlarga tayyorlaydi va ularda faol ishtirokini ta’minlaydi.
- STEM dasturlariga oid ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilaydi va ulardan samarali foydalanishni targ‘ib qiladi;
- laboratoriya jihozlari va resurslarini hisobga olish va inventarizatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
Komilov Umidjon Nazirjon o'g'li
Bosh mutaxassis
Komilov Umidjon Nazirjon o'g'li
STEM va virtual laboratoriyalari bo‘limi bosh mutaxassisi
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut buyruqlari, ilmiy kengash, ilmiy-metodik kengash qarorlari, institutning ustavi, bo‘lim nizomi asosida faoliyat yuritadi;
- STEM va virtual laboratoriyalar uchun o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
- virtual laboratoriya texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy uslubiyatni ishlab chiqadi va takliflar beradi;
- o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil etadi;
- o‘quvchilar uchun STEM to‘garaklari va loyihaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi, ularning texnologik va ilmiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi;
- virtual laboratoriya asbob-uskunalari va dasturiy ta’minotlardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
- xalqaro STEM tajribalarini o‘rganadi va mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;