director

Alkarov Elyor Maxmudovich

Bo'lim boshlig'i

Alkarov Elyor Maxmudovich

Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i:

 Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut buyruqlari, institut kengashi, ilmiy-metodik kengash qarorlari, institutning ustavi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot jarayonini va tashkiliy ishlarni samarali tashkil etadi;

- bo‘limning ish rejasi, bo‘lim xodimlarining faoliyatiga doir boshqa hujjatlarni bo‘lim yig‘ilishida muhokama etib institut rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi;

- Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi faoliyatini tashkil qiladi, boshqaradi va bu faoliyat bilan bog‘liq barcha jarayonlarni muvofiqlashtiradi;

- xodimlarga ilmiy yo‘nalishlarni taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;

- bo‘limga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini tashkil qiladi;

- institut kengashi va rektor huzuridagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashadi hamda bo‘lim faoliyatiga oid tegishli hisobotlarni berib boradi;

- bo‘limda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ularni amaliyotga joriy qilish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish  integratsiyasini ta’minlaydi;

- ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etishda masofadan maslahatlashish shakllaridan, zamonaviy dasturiy va texnologik vositalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yadi;

- raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ularni amaliyotga joriy qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

- uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga raqamli ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, maktab ta’limi tizimi xodimlarining statistikalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;

- institutning yillik harajatlar smetasiga “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasining kurslarini tashkil etishdagi internet aloqa xizmati, server xizmati, o‘quv-seminarlar o‘tkazish, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” kurslarni joylarda o‘rganish bilan bog‘liq harajatlarni kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- xodimlarning o‘z ustida ishlashi, ish faoliyati natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga, layoqati, salohiyatiga baho beradi hamda institut rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi;

- bo‘lim tomonidan raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar va yangiliklarni kiritib boradi;

- bo‘lim faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi, xodimlari tomonidan mehnat intizomi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi

director

Markayev Shahboz Sobir o'g'li

Bosh mutaxassis

Markayev Shahboz Sobir o'g'li

Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut buyruqlari, institut kengashi qarorlari, institutning ustavi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot jarayonini, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali bajaradi;

- uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga raqamli ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, maktab ta’limi tizimi xodimlarining statistikalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;

- dissertatsiya ishlariga, malakaviy amaliyotga, malaka (bitiruv) ishlariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qiladi (ilmiy darajaga ega bo‘lganda);

- Institut ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qiladi;

- izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalarini xolis va odilona baholaydi;

- raqamli texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha mavzularni ishlab chiqish va belgilangan tartibda institut rahbariga tasdiqqa kiritish, shuningdek, turdosh bo‘limlar tomonidan tayyorlangan ilmiy tadqiqot ishlariga taqriz va xulosalar tayyorlaydi;

- doktorantlar, magistrlar va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy maslahatlar berish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etadi;

- Institut kengashi va seminar hamda ilmiy konferensiyalarga o‘z ilmiy-amaliy ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

- bo‘lim hujjatlarining yuritilishi, sifatli saqlanishi hamda hujjatlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlaydi;

- bo‘limining yillik va istiqbol ish rejasini ishlab chiqishni ta’minlaydi va uni bajarilishining monitoringini olib boradi;

- “Uzluksiz kasbiy ta’lim” malaka oshirish kurslari materiallarining mazmuni va dizaynini takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi;

- axborot tizimlarini sozlash va ishlatish: tashkilotning axborot tizimlari va dasturiy ta’minotlarini o‘rnatish, sozlash va ishlatish, serverlar, ma’lumotlar bazasi, elektron pochta tizimlari, hamda internet va intranet xizmatlarining ishlashini ta’minlash, tizimlarning uzluksiz ishlashini nazorat qiladi;

- texnik qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish: xodimlarga kompyuter, dasturiy ta’minot va internetga ulanish masalalari bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlaydi va maxsus texnik xato va muammolarni bartaraf etadi;

- tarmoqni boshqarish va monitoring: tashkilotning ichki tarmoqlari (lokal tarmoqlar, WAN, VPN va h.k.)ni boshqarish, ularning ishlashini kuzatish va tuzatish ishlarini amalga oshiradi va xavfsizlik choralarini joriy etadi;

- ma’lumotlarni himoya qilish: tashkilotning axborot xavfsizligini ta’minlash, viruslarga qarshi dasturlar, shifrlash, fayl rezervlari, autentifikatsiya va huquqlarni boshqarish tizimlarini ishlatadi;

- jadvalga ko‘ra texnik xizmat ko‘rsatish: kompyuterlar va axborot tizimlarining texnik xizmatini rejalashtirish va bajarish, serverlarning xavfsiz ishlashini tekshirish hamda kundalik yoki oylik zahiralarni yaratadi;

- hujjatlar va ma’lumotlarni boshqarish: axborot va hujjatlar bo‘yicha siyosatlar, reglamentlar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va axborotlarni aniq va to‘g‘ri saqlaydi;

- texnik xatolarni tahlil qilish va tuzatish: muammo yoki texnik xato tug‘ilganda, uning sababini tahlil qilish, tuzatish ishlarini amalga oshirish va barcha ishlarni belgilaydi;

- xavfsizlik va shartnomalar bo‘yicha ishlash: tashkilotning axborot xavfsizligini ta’minlash, yangilangan texnik standartlar va shartnomalarga rioya qiladi;

- bo‘limi boshlig‘ining Uzuluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.

Karimov Shaxobiddin Rustamovich

Yetakchi mutaxassis

Karimov Shaxobiddin Rustamovich

Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi:

 - Institutning ustavi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot jarayonini, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali bajaradi;

- barcha ilmiy tadqiqot talablariga muvofiq tuzilgan ish rejalarda belgilangan amaliy va boshqa turdagi vazifalarni yuksak nazariy, ilmiy va kasbiy darajada o‘tkazadi;

- uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga raqamli ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, maktab ta’limi tizimi xodimlarining statistikalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;

- raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqotlarni o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishini ta’minlaydi;

- institut ichki tartib qoidalariga qat’iy amal qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qiladi;

- ilmiy to‘plamlar va qo‘llanmalar, ish rejalarini tayyorlashda qatnashadi;

- ilmiy tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlanish, mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtiradi;

- xorijiy va mahalliy olimlarning ish tajribalarini, ilmiy asarlarini o‘rganadi, tahlil qiladi hamda ulardan faoliyatida samarali foydalanadi;

- yangidan ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan o‘quv metodik ta’minotni tarmoqqa sifatli va to‘g‘ri joylashtirishni hamda kursning dizaynini zamon talablari asosida takomillashtirishni ta’minlaydi;

- bo‘lim doirasidagi malaka oshirish kurslarning o‘quv jarayonini sifatli tashkil etadi, hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda yuritadi;

- ma’lumotlarni arxivlash va zahiraviy nusxa ko‘chirish ishlarini amalga oshiradi va zahiraga olingan ma’lumotlarning sifatli saqlanishini ta’minlaydi;

- lokal va global tarmog‘ining avariyadan keyingi ishchi holatini tiklash sxemasini ishlab chiqadi;

- nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, ularning vujudga kelishini oldini olish maqsadida serverlar hamda tarmoq tizimlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazib boradi;

- nosoz uskunalarni ta’mirlash, jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan server, kompyuter texnikalarini o‘rnatilgan tartibda institut hisobidan chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va yangilarini xarid qilish bo‘yicha takliflarni kiritadi;

- yangi dasturiy ta’minot mahsulotlarini sinovdan o‘tkazadi, tegishli xulosalar tayyorlaydi va amaliyotga joriy etadi;

- axborot tizimlari, serverlar, tarmoqlar va ularning xavfsizligini boshqaradi;

- tashkilotning tarmoq qurilishi, autentifikatsiya, IP-adreslash, virtual xususiy tarmoqlar (VPN), tarmoq xavfsizligi bo‘yicha islohotlar olib boradi;

- yangi serverlar va texnik qurilmalarni tanlash, o‘rnatish va sozlash;

- tashkilotda axborot xavfsizligi siyosati va texnik xavfsizlik choralarini ishlab chiqadi;

- hujjatlar, ma’lumotlar va serverlarning xavfsizligini ta’minlaydi (jumladan shifrlash, viruslarga qarshi ko‘rsatmalar);

- xavfsizlik tizimlarini modernizatsiya qilish va turli xavfsizlik tahdidlariga qarshi choralar ko‘radi;

- tashkilotning dasturiy ta’minotlarini tahlil qilish va yangi texnologiyalarni joriy qiladi;

- kompyuterlar, serverlar va boshqa texnik jihozlar bo‘yicha ehtiyojlarni va taqdimotlarni tahlil qilish va ta’mirlash va modernizatsiya qiladi;

- texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatadi hamda xato va muammolarni bartaraf etadi;

- yangi axborot tizimlarini joriy qilish va ularni mavjud tizimlar bilan  integratsiya qiladi

- tashkilotning barcha axborot platformalarini  integratsiyalashtirish, ishlash jarayonlarini optimallashtiradi;

- texnik siyosatlar va reglamentlar, normalarni ishlab chiqadi;

- ish jarayonlarini standartlashtirish, tizim va xizmatlarning sifatini oshiradi;

- bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassisining malaka oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech