director

Xurramov Isroil Abdurashidovich

Ilmiy kotib

Xurramov Isroil Abdurashidovich

Ilmiy kotib:

- Institut kengashi faoliyatini rejalashtiradi;

- Institut kengashining majlislarini tayyorlash va o‘tkazishni tashkil qiladi;

- Institut kengashi reglamentiga rioya qilinishini nazorat qiladi;

- Institut kengashi majlisining kun tartibini shakllantiradi va uni Institut kengashi Raisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

- Institut kengashi majlisining kun tartibidagi materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonini nazorat qiladi;

- Institut kengashi a’zolari va taklif etilganlarni Institut kengashi yig‘ilishlari sanalari va vaqtlari to‘g‘risida xabardor qiladi;

- ovoz berish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi va Institut kengashi a’zolarining shaxsiy ishtirokini ta’minlaydi;

- Institut kengashi majlislari bayonnomalarini, ulardan ko‘chirmalar va institut kengashining boshqa hujjatlarini tayyorlashni ta’minlaydi;

- institut kengashi majlislari bayonnomalariga, ulardan ko‘chirmalarga va kengashning boshqa hujjatlariga imzo chekadi;

- Institut kengashi qarorlarining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;

- Institut kengashi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumot tayyorlaydi va Institut kengash raisiga kiritadi;

- Institut kengashi va Institut tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtiradi;

- Institut kengashi majlislarida ko‘rib chiqish uchun taklif qilingan materiallarni so‘raydi va to‘playdi. Materiallar Institut kengashi yig‘ilishidan bir hafta oldin, Ilmiy kotibga ma’ruzachilar tomonidan qog‘oz va elektron shaklda taqdim etilishi kerak;

- qaror loyihalarini tayyorlaydi va ularni yig‘ilish oldidan uch kundan kechiktirmay Institut kengashi raisiga taqdim etadi;

- Institut kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalar to‘g‘risida Institut kengashi a’zolarini zudlik bilan xabardor qiladi;

- Institut kengashi majlisining bayonnomasini yuritadi, iltimosiga binoan Institut kengashi majlisidan ko‘chirma tayyorlaydi va chiqaradi;

- tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini nazorat qiladi;

- ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy bo‘limlar tomonidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion ishlanmalarning-yillik hamda istiqbolga mo‘ljallangan mavzular rejalari bo‘yicha takliflar tayyorlash, tasdiqlangan mavzular rejasi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, Institut bo‘yicha ilmiy hisobot tayyorlanishini tashkil etadi;

- Institut kengashi ish rejalari loyihasini tayyorlash va tasdiqlangan ish rejalar ijrosini nazorat qilish, ilmiy ishlarni nashr etish rejasi bo‘yicha takliflar tayyorlash,

- ularni taqrizdan o‘tkazishni ta’minlaydi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

director

Badalova Maqsuda Umarovna

Maslahatchi

Badalova Maqsuda Umarovna

Maslahatchi lavozim majburiyati

- Institut hamda Hududiy markazlar ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari hamda dasturlarlarning bajarilishini muvofiqlashtirish;

- Institut va uning hududiy markazlarida davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;

- Institutda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

- Institut va Hududiy markazlarga tegishli hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish hamda nazorat qilish;

- Institut hamda Hududiy markazlarda davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish;

- Institut faoliyati bilan bog‘liq uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish;

- o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etish;

- Institutning obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

- ichki mehnat tartib-qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilish;

- Institut rektorining buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash;

- bajarilgan ishlar to‘g‘risida institut rektori oldida hisobot berish;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

  • pora taklif qilmaslik;
  • va’da bermaslik;
  • pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
  • bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
  • pora olmaslik;
  • biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
  • mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
  • o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
director

Islam Hassan Mahmoud Hassan Elhadary

Xorijiy maslahatchi

Islam Hassan Mahmoud Hassan Elhadary

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech