director

Rashidova Muhlisa Abdulxay qizi

Yetakchi mutaxassis

Rashidova Muhlisa Abdulxay qizi

Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Institutning nizomi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali bajarish;

- Institut buyruqlari, ilmiy kengash qarorlari, institutning nizomi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot jarayonini samarali olib borish;

- barcha ilmiy tadqiqot ishlarini yuksak nazariy, ilmiy va amaliy darajada o‘tkazish;

- malakaviy amaliyot, dissertatsiyalar, malaka (bitiruv) ishlari, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

- o‘ziga biriktirilgan ilmiy tadqiqot mavzusida izlanishlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishni ta’minlash;

- institut ichki tartib qoidalariga, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.

- izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini xolis va odilona baholash;

- boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va turdosh bo‘limlar tomonidan tayyorlangan ilmiy tadqiqot ishlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- ilmiy to‘plamlar va qo‘llanmalarni tayyorlash, nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlariga xulosalar berish, boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy to‘plamlar tayyorlashda ishtirok etish;

- Institut Kengashi, seminar hamda ilmiy konferensiyalarida o‘z ilmiy amaliy ma’ruzalari bilan ishtirok etish.

- davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining namunaviy o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va doimiy yangilab borish;

- umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

- umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan turli dastur va loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil etish;

- pedagog va mutaxassis kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, malaka oshirish va qayta tayyorlashning an’anaviy, muqobil, dual va mustaqil shakllarini amaliyotga keng joriy etish;

- malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni zamon talablari va xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirib borish;

- kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, o‘quv-metodik faoliyatning ta’lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech