G'uzorov Baxodir G'ulom o'g'li
Axborot – tahlil va ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i:
- Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
- bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
- Institut rektori rahbarligida tashkil etiladigan yig‘ilishlar, shuningdek boshqa tadbirlarga hujjatlarni tayyorlanishini ta’minlaydi;
- Institut rektori boshchiligidagi muhokama va yig‘ilishlari bayonini yuritilishini, bajarilishini nazorat qiladi;
- Institut va uning rahbariyati faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish hamda tahlil etish jarayonlariga bevosita rahbarlik qiladi;
- Institutda axborot-tahlil, ijro nazorati faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, ijro intizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;
- ijro muddati yaqinlashayogan nazoratdagi hujjatlar, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalariga oid, bajarilishi uzoq muddatga mo‘ljallangan hujjatlarning ijro holatini barcha bosqichlarda nazorat qilish, ularning ijrosini ta’minlashni mas’ul ijrochilardan talab qilish, tekshirish va holatini bilish uchun huzuriga chaqiradi;
- Institutning markaziy apparati, tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralar faoliyatini talab darajasida olib borilishini hamda belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi samaradorlikni baholash (KPI) mezonlarini ishlab chiqish, joriy etish va monitoringni amalga oshirish ishlarini tashkil qiladi;
- sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tahlil qilish, baholash va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- Institutda hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibini o‘rnatadi;
- Institutning markaziy apparati, tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralar tomonidan ijro intizomi talablariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi;
- normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan topshiriqlarni ro‘yxatini shakllantirish, ular bo‘yicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmlari ko‘rsatilgan topshiriqlar tayyorlanishini hamda ularning ijrochilarga yetkazilishini nazorat qiladi;
- “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi bilan Institut mas’ullarini ishlash jarayonini muvofiqlashtirib boradi;
- “edo.ijro.uz” elektron hujjat almashish tizimini sohada joriy qilinishi va ishlatilishini nazorat qiladi;
- ijro muddatini buzilishiga yo‘l qo‘ygan yoki asoslantirilmagan ma’lumotlarni taqdim etgan mas’ullarga nisbatan qat’iy (oqibatini inobatga olib lavozimidan ozod qilinishigacha) intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- topshiriqlar ijrosiga oid sohadagi mas’ul rahbar va mutaxassis xodimlarni huzuriga chaqirish, ijro intizomi talablari buzilishi holatlari bo‘yicha institut rektori nomiga tushuntirish xatlarini yozdiradi;
- tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda Institutning tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralar bilan bo‘limning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
- bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro, mintaqaviy uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etadi;
- topshiriqlarning ijrosini puxta tahlil qilgan holda nazoratdan olish yoki qayta ishlashga qaytaradi;
- Institut rektori topshirig‘iga asosan belgilangan vakolat doirasida ijro intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ygan tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralarda xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
- o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etadi;
- davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi;
- Institut rahbariyatiga xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
- faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni o‘rganadi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;
- Institut rektori buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlashini nazorat qiladi;
- faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni o‘rganadi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;
- ichki mehnat tartibi qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
- o‘z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi;
- bajarilgan ishlar to‘g‘risida Institut rektori oldida hisobot beradi.

Qobilov Oybekjon Nabijon o'g'li
Axborot – tahlil va ijro intizomi bo‘limi bosh mutaxassisi:
- Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
- Institutda axborot-tahlil faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- Institut va uning rahbariyati faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda tahlil etadi;
- Institutning ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, ularda ko‘rsatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qiladi;
- sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tahlil qiladi, baholaydi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- faoliyat samaradorligini tashkil etish, hisobot, ijro va mehnat intizomini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- Institutni rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya, dastur va rejalar hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tahlil qiladi;
- “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimiga Institutning markaziy apparati, tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralari tomonidan ijrosi bo‘yicha kiritilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi (nazoratdan olish, bajarishda kamchiliklar aniqlangan holatlarda qayta ishlashga qaytarish);
- qonunchilik hujjatlari ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida buyruq va nazorat rejalarni tayyorlash, mas’ullar tomonidan vazifalar bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarni umumlashtirish, tahlil qilish va o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlarga hisobotlar tayyorlaydi;
- har oyda ijro intizomi bo‘yicha tegishli jadvallarni tayyorlanishi, bo‘limga taqdim etilishi va shu asosda tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanishini tashkillashtirish, shuningdek o‘z vaqtida ushbu tahliliy ma’lumotnomani institut rahbariyatiga taqdim etish hamda bu boradagi rahbar topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi;
- bo‘lim ish rejasini tuzish hamda o‘z vakolati doirasida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash hamda tegishli hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
- bo‘lim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan xatlarning ijrosini tahlil etish va nazoratga olish, bajarilgan buyruqlar, hujjatlar, xatlarni nazoratdan olishni ta’minlaydi;
- bo‘lim boshlig‘i topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
- Institutning markaziy apparati, tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralar faoliyati yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan tahliliy ma’lumot tayyorlaydi;
- Institut faoliyatini aks ettiruvchi, o‘zida axborot resurslarini nazarda tutuvchi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yuritishni tashkil etadi;
- bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni muhokama qilishda vazirlik, idora, tashkilot va muassasalarda Institut manfaatlarini ifodalaydi;
- Institutning obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi;
- faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni o‘rganadi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi;
- ichki mehnat tartibi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik
- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi
- Bosh mutaxassisga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Qaxarov O‘rolboy Sapar ug‘li
yetakchi mutaxassis
Qaxarov O‘rolboy Sapar ug‘li
Axborot – tahlil va ijro intizomi bo‘limi yetakchi mutaxassisi:
- Maktabgacha va maktab ta’limi sohasini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya, strategiya, dastur va rejalar hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini tahlil qiladi;
- Institut rektori rahbarligida tashkil etiladigan yig‘ilishlar, shuningdek boshqa tadbirlarga normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan topshiriqlarni bajarilish holati haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
- “edo.ijro.gov.uz” elektron hujjat aylanish tizimi orqali mas’ullar tomonidan ijrosi ta’minlangan hujjatlarni tahlil qilish, nazoratdan olish yoki qayta ishlashga yuborishni tashkil etadi;
- Institut ish rejasida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan mas’ul ijrochilardan ma’lumotlar talab qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqda axborot beradi;
- Institutning markaziy apparati, tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni qabul qiladi, umumlashtiradi va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
- ichki mehnat tartibi qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi
- Institut rahbariyati topshirig‘iga asosan xizmat safarlariga boradi;
- faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi;
- Institutning obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- bo‘lim boshlig‘i topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.
- Yetakchi mutaxassisga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Iskandarov Muhammadjon Yusuf o'g'li
Yetakchi mutaxassis

Abdusalimova Gulmira Soat qizi

- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.