Ubaydullayeva Nilufar Abdiolimovna
Bo'lim boshlig'i
Ubaydullayeva Nilufar Abdiolimovna
Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i:
- Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut buyruqlari, ilmiy kengash, ilmiy-metodik kengash qarorlari, institutning nizomi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot jarayonini va tashkiliy ishlarni samarali tashkil etish;
- bo‘limning ish rejasi, bo‘lim xodimlarining faoliyatiga doir boshqa hujjatlarni bo‘lim yig‘ilishida muhokama etib, institut rahbariyatiga tasdiqqa kiritish;
- xodimlarga ilmiy yo‘nalishlarni taqsimlash hamda o‘z vaqtida
sifatli bajarilishini nazorat qilish; - Institut Kengashi va rektor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida qatnashish va bo‘lim faoliyatiga oid hisobotlarni berib borish;
- bo‘limda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sifatli bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliyotga joriy qilish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash;
- ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etishda masofadan maslahatlashish shakllaridan, zamonaviy dasturiy va texnologik vositalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
- bo‘lim tomonidan ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar
va yangiliklarni kiritib borish; - bo‘lim xodimlari tomonidan mehnat intizomiga, sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim yetakchi mutaxassisi amalga oshiradi.
Qo‘ldosheva Dilorom Abduxamidovna
Yetakchi mutaxassis