Zokirjonova Shahlo Tohirjon qizi
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi yetakchi mutaxassisi:
- Bo‘limga kelgan xat va hujjatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
- tegishli xat va hujjatlarni hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruvi idoralariga yetkazadi;
- uzluksiz kasbiy rivojlantirish o‘quv jarayonlari, pedagogik va kasbiy qayta tayyorlov, “Menejerlik” kurslarini hamda “Ta’limda menejment” va “Kattalar ta’limi” magistratura mutaxassisliklarini (onlayn va an’anaviy) kuzatib boradi va darslar sifatli amalga oshirilishini monitoring qiladi;
- tinglovchilar davomatini o‘rganib boradi;
- kurslarga tegishli bo‘lgan hujjatlarni o‘rganadi;
- tinglovchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlarini bajarish darajasini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalarni o‘tkazishda ishtirok etadi;
- so‘rovnoma natijalari asosida professor-o‘qituvchilarining faoliyatini tahlil qiladi;
- kurslar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, bo‘lim boshlig‘iga kiritadi;
- institut va bo‘limda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etadi;
- bo‘limning ish rejasini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.