
Xamrayev Shavkat Muminovich
Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi boshlig‘i:
- Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
- Institutning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
- Institut tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini institut tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtayi nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;
- institutda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasiga kiritib boradi;
- Institut tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi;
- maxsus axborot aloqa kanallari orqali institut xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
- institutda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va institut bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;
- institut xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
- korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni institut xodimlariga yetkazadi;
- institut faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida institutda korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;
- har chorakda va rektor talabiga ko‘ra institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida rektorga ma’lumot kiritib boradi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida Institutga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;
- institut tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini ta’minlaydi;
- institut xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- institut xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqadi;
- o‘quv rejaga muvofiq institutning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi;
- institut xodimlari hamda tinglovchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;
- institutning rasmiy veb-saytidagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat» bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan ma’lumotlarni yangilanib borilishini ta’minlaydi;
- institut xodimlari hamda tinglovchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va institutning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;
- institutda korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;
- bo‘limning yillik ish rejasini tuzish va o‘rnatilgan tartibda bajarilishini ta’minlaydi;
- bo‘limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- ichki mehnat tartibi qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Abuzarov Damir Madarikovich
Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi lavozim majburiyatlari:
- Odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi, shuningdek,
- Institut xodimlari hamda tinglovchilari tomonidan kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika qiladi;
- amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
- institut tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tuzilma (shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
- institut faoliyati, uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi;
- qonunchilik hujjatlari bilan Institut zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi;
- institutning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi;
- xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
- xodimlarni lavozimga tayinlash bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etadi;
- sohaga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini tayyorlaydi;
- korrupsiyaga oid statistikani yuritadi;
- faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi;
- ish yurituviga berilgan ariza, shikoyat va takliflarni har tomonlama xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
- maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlar bo‘yicha zarur hollarda joylarda manfaatdor idoralar xodimlari va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish o‘tkazgan holda adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi;
- xodimlarning ariza, shikoyat va takliflarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganishda ishtirok etadi, bu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritadi;
- bo‘lim uchun biriktirilgan jihozlar va asbob uskunalarning saqlanishini ta’minlaydi;
- ichki mehnat tartib-qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qiladi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biror-bir shaxs foydasiga yoki biror-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.