“Jalinga” studiyasi xizmatlari tartib qoidalari va narxlari to‘g‘risida ma'lumot
7
25.10.2025
2 ta fayl
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi “Jalinga” interaktiv videostudiya o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va tashqi buyurtmachilarga zamonaviy media mahsulotlar tayyorlash uchun xizmat ko‘rsatadi.
Studiyadan foydalanish tartib-qoidalari institut ichki hujjatlariga asoslanadi hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va interaktiv kontent yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Asosiy yo‘nalishlar:
* videodarslar, taqdimotlar, vebinarlar, intervyular va ilmiy loyihalar tayyorlash;
* interaktiv kurslar va postproduserlik (tahrir, grafika, subtitr) xizmatlari;
* ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirlar o‘tkazish (trening, vebinar, suhbat).