Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

94 12.08.2024

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Anjumanda 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi.

Mazkur tartibga binoan:

  • Fanlar kesimida o‘qituvchilarni kasbiy rivojlanish va o‘zi ustida ishlashlari uchun haftaning alohida  kunlari belgilanishi;
  • “Kasbiy rivojlanish kun”larida tegishli fan o‘qituvchilari uchun tayanch maktablarida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinishi va ularda olingan bilimlarni pedagogik amaliyotda qo‘llashlari uchun metodik yordam ko‘rsatilishi;
  • “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali mentor-o‘qituvchilar tanlab olinishi;
  • A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy markazlarda mentor-o‘qituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etilishi;
  • Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanishi taʼkidlandi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech