“Zamonaviy matbuot xizmati: strategik kommunikatsiyalar va raqamli kontent” mavzusidagi o‘quv-trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan o‘quv-treninglarining 2-kunida mehmon ekspert sifatida “O’zbekiston 24” telekanali jurnalisti Aziza Qurbonova qatnashib, axborot tarqatishda ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish yo’nalishida mahorat darsi o‘tdi.
Shuningdek, kun davomida ishtirokchilarga tizim mutaxassislari tomonidan:
➖Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash,
➖ Instagram ijtimoiy tarmoq sahifasini ommabop tarzda yuritish kabi mavzularda trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Tadbir yakunida seminar-treninglarning taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov qatnashib, barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi va matbuot kotiblarining muntazam kasbiy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot o’rnida: Ikki kunlik seminarda vazirlik hududiy bo‘linmalari, Pedagogik mahorat markazlari va tizim tashkilotlari matbuot kotiblari qatnashdi.









