PIRLS 2026 tadqiqoti doirasida baholovchilar uchun treninglar davom etmoqda
A.Avloniy nomidagi institutda PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida o‘quvchilarning ochiq strukturalangan savollarga bergan javoblarini baholash uchun jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar davom etmoqda.Mashg‘ulotlar davomida baholovchilarga PIRLS 2026 tadqiqotida qo‘llanilgan 18 ta badiiy va axborot matni hamda ularga tegishli 140 dan ortiq ochiq strukturalangan savollarni baholash mezonlari batafsil tushuntirilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar namunaviy javoblarni tahlil qilish, ularni belgilangan mezonlar asosida baholash hamda maxsus baholash platformasida o‘quvchilarning haqiqiy javoblarini baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni amalga oshirmoqda.
Mazkur treninglar baholash jarayonlarining xalqaro standartlar asosida, xolis, ishonchli va yagona yondashuv asosida amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.




