Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish yuzasidan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Bugun “Toshkent tajribasi”ni o‘rganish hamda maktablarda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish yuzasidan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova qatnashib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy tillar yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng mavzu yuzasidan ochiq muloqot va treninglarga start berildi. Unda:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijiy tillarni ommalashtirishda tizim rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati,
“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasini hududlarda joriy etishning tashkiliy mexanizmlari,
fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish,
yuqori sinf o‘quvchilarini til bilish darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratish muhokama qilindi.
Ma‘lumot o‘rnida: 2 kun davom etgan mazkur o‘quv seminarda 100 nafardan ortiq hududiy bo'linmalar mas'ullari ishtirok etdi.






