Ommalashtirish jarayonlari a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rahbariyati va mas’ullari tomonidan o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish jarayonlarida ishtirok etuvchi apellyatsiya komissiyasi a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda Pedagogik mahorat markazlarining direktorlari, tegishli yo‘nalish bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari, Apellyatsiya komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash va ommalashtirish tartibi, metodik ishlarni baholash mezonlari, apellyatsiya murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, jarayonlarda xolislik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga apellyatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, murojaatlarni mazmunan o‘rganish hamda zamonaviy metodikalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur seminar-trening ommalashtirish jarayonlarining sifatli, ochiq va belgilangan tartib asosida tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.








