Yaponiya delegatsiyasi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida

10 20.05.2026

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yo‘lida yana bir muhim uchrashuvga mezbonlik qildi.
Institutga Yaponiyaning ta’lim, logistika hamda farmatsevtika yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi nufuzli korporatsiyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan dunyoga mashhur “Kun-ei Gakuen” va “Aso Juku” kabi yirik ta’lim xoldinglari vakillari o‘rin oldi.

Tashrif davomida mehmonlar institutda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot jarayonida:
- inson resurslarini rivojlantirish, ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarini integratsiya qilish;
- pedagogik mahoratni xalqaro tajriba asosida takomillashtirish;
- istiqboldagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya vakillariga institutdagi zamonaviy o‘quv jarayonlari, axborot-resurs markazi, STEAM markazi faoliyati hamda pedagoglarni kasbiy rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif Institutning xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini yanada oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish va o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech