A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Kafedralar seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 13.00.07 – Ta'limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan ikki nafar izlanuvchilarning dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Xususan, Institut tayanch doktoranti Saidqulov Sodiqjon Botirovichning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv faoliyatida ijtimoiy muhitni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” hamda institut mustaqil izlanuvchisi Karimova Maxbubaxon Mukimjonovnaning “Xorijiy tajribalar asosida ta’lim sifatini boshqarishning kvalimetrik parametrlarini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim misolida)” mavzusidagi PhD ilmiy darajasiga oid tadqiqotlari muhokamadan o‘tkazildi.
Izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari kafedra a‘zolari tomonidan ijobiy baholanib, tavsiyalar berildi hamda navbatdagi bosqichga yo‘naltirildi.




