Kattalar ta'limi bo'yicha xalqaro kengash Bosh kotibi Katarina Popovich A.Avloniy nomidagi institutda bo‘ldi
Institut rahbariyati va mas'ullari ishtirokida xalqaro kengash Bosh kotibi Katarina Popovich hamda UNESCO tashkiloti vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, kattalar ta’limini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda institutning Kattalar ta’limi bo‘yicha xalqaro kengashga a’zo bo‘lish masalasi yuzasidan o‘zaro fikr almashinib, uning malaka oshirish tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, UNESCO tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan Ishonch jamgarmasining loyihasi doirasida Katarina Popovich tomonidan “Kattalar ta’limi konsepsiyasi va uning rivojlanishi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Unda institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim mutaxassislari hamda kattalar ta’limi yo‘nalishi magistrantlari ishtirok etdi.
Bundan tashqari, “Master-trenerlar va mentor o‘qituvchilar uchun kompetensiyalar ramkasini ishlab chiqish va muhokama etish” mavzusida amaldagi master-trenerlar va mentorlar ishtirokida amaliy trening tashkil etildi.









