Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Yillik sarhisob" tadbiri davom etmoqda.
Bugun ishtirokchi hudud masʼul rahbarlari tomonidan soha faoliyati natijadorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan taqdimot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Bunda hududiy boʻlinmalar, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarlari tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishlariga doir 2025-yil sarhisobi va 2026-yilning eng ustuvor vazifalari xususida atroflicha maʼlumot beriladi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik markaziy apparati masʼul xodimlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari qatnashmoqda.
Maʼlumot uchun: jarayonlar Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan.









