Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlik hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminarning o‘quv mashg‘ulotlari A.Avloniy nomidagi institutda olib borildi.

5 18.12.2025

Unda hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari, “Kelajak markazlari”, Pedagogik mahorat markazlari masʼullari hamda vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminar mashg‘ulotlari vazirlik va institut masʼullari tomonidan olib borildi.

O‘quv seminarida:

- maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishning zamonaviy yechimlari;

- pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish;

-byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va smeta harajatlarini to‘g‘ri shakllantirish;

-“Kelajak markazlari” tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

Shuningdek, seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar hamda muammoli vaziyatlarga yechimlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech