A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida madaniy-ma‘rifiy uchrashuv o‘tkazildi

91 12.12.2025

Institutida O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bilan pedagog-xodimlar hamda "Ta‘lim menejmenti" va "Kattalar ta‘limi" mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda atoqli maʼrifatparvar, isteʼdodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati, jadidchilik harakatidagi o‘rni, zamonaviy ta‘lim tizimi shakllanishiga qo‘shgan beqiyos hissasi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Gavhar Zokirova Abdulla Avloniyning shaxsiyati, uning ta‘lim-tarbiya sohasidagi qarashlari va tarixiy xizmatlarini faxr bilan xotiraladi.

Uchrashuvda Abdulla Avloniy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar bugungi ta‘lim jarayoni uchun ham dolzarb ekanligi qayd etildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech