AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha seminarlarga start berildi
A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida Ishonch fondi tomonidan moliyalashtirilgan AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha pedagoglarni malakasini oshirishga qaratilgan master-trenerlar uchun o‘quv seminarlariga start berildi.
Mazkur dasturda A.Avloniy nomidagi institut hamda Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazlaridan 20 nafar master trenerlar ishtirok etmoqda.
Treningda ishtirokchilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning innovatsion pedagogik yondashuvlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
Treningning birinchi bosqichi 1–5-dekabr kunlari davom etadi.









