A.Avloniy nomidagi institut vakili Bishkek shahridagi xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumda ishtirok etdi

67 07.11.2025

Bishkek shahrida “Milliy ruh — jahon cho‘qqilari — ta’lim va tarbiyada” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy simpozium bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim vazirligi hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika instituti tomonidan tashkil etildi.

Ushbu simpoziumda A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i Nilufar Ubaydullayeva “O‘zbekiston Respublikasida umumta’lim muassasalari rahbar kadrlarining kvalitilogik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Taqdimotda O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, rahbar kadrlar uchun yo‘lga qo‘yilgan menejerlik kurslari hamda mentorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mamlakatimiz umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan uzluksiz malaka oshirish tizimi, KRK va KRS dasturlari to‘g‘risidagi taqdimot ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech