IEA Hamburg va Avloniy instituti rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

69 05.11.2025

Uchrashuvda Gamburgdagi Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) direktori Juliane Henke, LaNA xalqaro tadqiqoti direktori Dana Kelly, institut rektori Abduvali Ismailov va prorektori Sherzod Rajabov ishtirok etdi.

IEA 60 dan ortiq davlatlardagi tadqiqot universitetlari, institutlar, markazlar hamda ta’lim vazirliklaridan iborat xalqaro hamkorlik tarmog‘idir. Assotsiatsiya dalillarga asoslangan siyosat va amaliyotlarni ilgari surish orqali ta’lim sohasini rivojlantirish, sifat hamda tenglikni oshirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.
Uchrashuvda TIMSS 2027 tadqiqotida O‘zbekistonning ishtirokiga oid tashkiliy jihatlar hamda PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov bosqichiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘qish savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha “PIRLS 2026 baholash konsepsiyasi” hamda “PIRLS 2021 natijalarini dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha” metodik qo‘llanmalarni o‘zbek tilida nashr etish masalalari ko‘rib chiqildi.

IEA direktori Juliane Hencke Institut rektori Abduvali Ismailovni PIRLS 2021 va TIMSS 2023 xalqaqo tadqiqotlarida milliy koordinatori sifatida muvaffaqiyatli va ko'p yillik faoliyatini inobatga olib, yana bir bor IEA Bosh assambleyasiga a'zolik uchun taklif etdi.

IEA Bosh Assambleyasiga a'zo bo‘lish bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Jumladan, IEA strategiyalari, yangi tashabbuslari va xalqaro tadqiqotlarning yo‘nalishlarini takomillashtirish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, tashkilot faoliyatini boshqarish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etish imkonini beradi.
IEAga a’zo bo‘lish uchun IEA tadqiqotlarining (PIRLS, TIMSS, REDS) kamida bir davriyligida (4–5 yillik muddatda) faol ishtirok etgan bo‘lish talab etiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech