Raqamli asr va ta’lim: “AI–School” tashabbusi
YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri bo‘ldi.
Prezident Sh.Mirziyoyev sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Bu yo‘nalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv ta’lim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.
“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, har bir bolaga ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.
Bu tashabbuslar ta’lim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.


