Fransuz tili bo‘yicha xalqaro mutaxassis A.Avloniy nomidagi institutda o‘z faoliyatini boshladi
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi kelishuviga asosan, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Fransiyalik tajribali mutaxassis Nathalys Fiokouna o‘z faoliyatini boshladi.
Nathalys Fiokouna Parijdagi Sarbon universitetini tamomlagan. Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. Fransiya, Turkiya va Keniya davlatlarida ta‘lim sohasida faoliyat yuritib, metodik materiallar ishlab chiqqan. U xalqaro imtihonlar bo‘yicha ekspert hisoblanadi.
Nathalys Fiokouna 2025-yil noyabr oyidan 2026-yil yanvar oyigacha malaka oshirish kurslarida fransuz tili o‘qituvchilariga dars berishi, 100 soatlik malaka oshirish kurslarining o‘quv-reja va dasturlari hamda kontent materiallarini ishlab chiqishda bir qator vazifalarni amalga oshirishi belgilangan.
Shuningdek, "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini tashkil etishda mentor o‘qituvchilar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
✔️Institut rektori Abduvali Ismailov va masʼullar Fransiyalik tajribali mutaxassis Nathalys Fiokouna bilan faoliyati avvalida uchrashuv o‘tkazdi. Unda vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr almashinib, aniq rejalar belgilab olindi.



