Fransiyaning nufuzli ta’lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va A.Avloniy nomidagi institut hamkorligida Fransiyaning Frankofoniya til markazida tashkil etilgan treninglar yakunlandi.
Frankofoniya til markazi direktori Yann Libratti va A.Avloniy nomidagi institut prorektori Sherzod Radjabovlar 14-sentabrdan 11-oktabrga qadar davom etgan kursning 30 nafar master trenerlariga sertifikatlarni topshirdilar.
Shuningdek, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti prorektori Sherzod Radjabov va Frankofoniya til markazi direktori Yann Libratti o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalar muhokama qilindi.







