A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “O‘zbekiston” nashriyoti hamkorligida kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etildi.
17
30.09.2025
Ko‘rgazmada institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar, malaka oshirish va menejerlik kursi tinglovchilari uchun motivatsion, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-didaktik hamda adabiy-badiiy yo‘nalishlardagi kitoblar namoyish etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, pedagog va yoshlar qalbida kitobga mehr, bilimga chanqoqlik tuyg‘usini yana-da mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Bunday tadbirlar nafaqat kitobga bo‘lgan mehrni oshiradi, balki pedagogik jamoaning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.