Bugun A.Avloniy nomidagi institutda Xitoy Xalq Respublikasi mutasaddilari hamda Shenyan pedagogika universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov, Xitoy Kommunistik partiyasi qo‘mitasi kotibi Szyan Fenchun hamda tomonlar masʼullari ishtirokida hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara olib borildi.
Ta‘lim sohasida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va aloqalarni mustahkamlash borasida rejalar belgilab olindi.
Institut rahbariyati Xitoy delegatsiyasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bu kabi uchrashuvlar hamda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik ta‘lim va ilm-fan sohasini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.