Rossiya Davlat pedagogika universiteti mutaxassisi A.Avloniy nomidagi institutda o‘z faoliyatini boshladi

46 22.09.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Zo‘r” (KLASS) loyihasi doirasida Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universitetining tajribali mutaxassisi Mariya Ivanova o‘qituvchilik faoliyatini boshladi.

Mariya Ivanova joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida malaka oshirish kurslarida 100 nafardan ortiq tinglovchilarga dars berishi, 100 soatlik malaka oshirish kurslarining o‘quv-reja va dasturlari hamda kontent materiallarini ishlab chiqishda bir qator vazifalarni amalga oshirishi belgilangan.

Institut rektori Abduvali Ismailov Mariya Ivanova bilan faoliyati avvalida uchrashuv o‘tkazdi. Unda vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr almashinib, aniq rejalar belgilab olindi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech