A.Avloniy nomidagi institutda gospital pedagogika bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
44
08.09.2025
8-sentabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida gospital pedagogika bo‘yicha xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti professori, xorijiy mutaxassis Dr. Luiz Andre Dos S. Gomes ishtirok etdi.
Seminar doirasida institut faoliyati bilan tanishuv, professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlari hamda pedagog kadrlar uchun metodik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi.