A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish avvalida institutning “Taʼlimda menejment" kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, v.b. dotsenti Ilhom Siradjevga dotsent ilmiy unvoni attestati topshirildi.
Kengash yig‘ilishida kun tartibidagi quyidagi dolzarb masalalar:
Qayta tayyorlov kurslarining 41 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha yangidan ishlab chiqilgan o‘quv-reja va dasturlarini tasdiqlashga tavsiya etish;
2025-yil 4-chorakda qabul qilingan mustaqil izlanuvchilarning suhbat natijalarini tasdiqlash;
Jalinga video studiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish;
"Xalqaro baholash dasturlarida matematik savodxonlik" nomli o‘quv qo‘llanmasini nashrga tavsiya etish kabi dolzarb masalar ko‘rib chiqildi.
Kengash so‘ngida masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.